Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti

Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining (keyingi oʼrinlarda Departament deb ataladi) atom energetikasi va yadro texnologiyalari obʼektlarida, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun masʼul boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi.


Departamentning asosiy vazifalari:

- radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha takliflarni ishlab chiqish;

- ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʼlish va atom energiyasidan foydalanish borasidagi faoliyatni amalga oshirishda radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida samarali davlat nazorati va tekshiruvini tashkil etish va taʼminlash;

- nazorati ostidagi obʼektlarda radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash boʼyicha profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- yadroviy va radioaktiv materiallar bilan ishlashda, atom energiyasidan foydalanishda, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ular mavjud boʼlgan radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash, foydalanish, koʼmish hamda jismoniy himoyalash va hisobini yuritishda radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash masalalari boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

- atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (INM) bilan muomalada boʼlish sohalarida litsenziyalashni va ruxsatnoma berish ishlarini amalga oshirish;

- radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash, atom energetikasida ishlarni xavfsiz olib borishni nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va atom energiyasidan tinchlik yoʼlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash;

- radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.

 

 

 

 

 

`