Bug‘ qozonxonalari, ko‘tarish inshootlari sanoat xafsizligi inspeksiyasi


a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
  • geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda va kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi mutaxassislarini, korxonalar va ilmiy muassasalarning soha bo‘yicha ekspertlarini jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmi, sifati va ushbu ishlar natijalarining haqqoniyligini belgilangan tartibda mustaqil tekshirishlarni amalga oshiradi;
  • foydalanish uchun litsenziya berilgan yer qa’ri uchastkalarida dastlabki tekshirish o‘tkazadi, shuningdek keyinchalik foydali qazilmalar qazib olishning kelishilgan hajmlariga va konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
  • mineral xom ashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi;
  • korxonalar, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi, kon favvoralariga qarshi kurashish bo‘linmalari, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
  • O‘zbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismiga tezkor va metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
  • iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tartibini va ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishga talablarni belgilaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etadi;
  • turar joylar va kommunal-maishiy ob’ektlarning gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kommunal-maishiy korxonalar xizmatlari tomonidan normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarning bajarilishini tekshiradi va monitoringini olib boradi;
  • o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • o‘z vakolatlari doirasida respublika darajasida ionlovchi nurlanish manbalarining davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni, milliy reestri yuritilishini ta’minlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining davlat reestrida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari hisobini yuritadi;
  • yuqori texnogen xavfli hududlarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratdagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
  • ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
  • gaz nazorati ob’ektlarini, bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;

b) normativlarni tartibga solish sohasida:

  • sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish hamda «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
  • sanoatda ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qa’rini geologik o‘rganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlaydi;
  • foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);

v) ruxsat berish faoliyati sohasida:

  • o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
  • «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
  • foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish dalolatnomalarini beradi;
  • qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobidan chiqarishni kelishib oladi va sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyingi geologiya-qidiruv ishlarida va konlarni qazishda tasdiqlanmagan zaxiralarni hisobdan chiqarish uchun xulosalar beradi;
  • geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
  • shaxtalar (konlar)ning bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
  • neft-gaz quduqlarini foydalanishga, tugatishga va konservatsiyaga berish dalolatnomalarini kelishib oladi;
  • ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
  • nazoratdagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosalarini tasdiqlaydi;
  • xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va ularning nazoratini amalga oshiradi.
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo‘lgan taqdirda boshqa shaxslar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilishi yuzasidan javobgarlikni majburiy sug‘urta qilishda xulosalar beradi;

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
  • sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer qa’rini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibini belgilaydi;

d) xalqaro hamkorlik sohasida:

  • sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi;
  • atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi.