Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi


a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilashni va tasdiqlashni ta’minlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalari, harbiylashtirilgan gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
  • iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etishda ishtirok etadi;
  • o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining davlat reestrida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari hisobini yuritish uchun ma’lumot tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratdagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
  • ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoatida bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;

b) normativlarni tartibga solish sohasida:

  • sanoat xavfsizligi sohasidagi hamda Inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni va belgilangan tartibda qabul qilashni ta’minlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoatida ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni va belgilangan tartibda kelishib olishni ta’minlaydi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlashga tayyorlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalari va ob’ektlarini tugatish va konservatsiya qilishda kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);

v) ruxsat berish faoliyati sohasida:

  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarida sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun taklif tayyorlaydi;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishda ishtirok etadi;

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
  • sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer qa’rini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibini belgilashda taklif beradi;

d) xalqaro hamkorlik sohasida:

  • sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, Inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi.