a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:
- Potensial xavfli ishlab chiqarish va texnologik ob’ektlarga ega bo‘lgan ob’eklar, qurilmalar va ishlatuvchi sub’ektlarni ishlab chiqarish ro‘yxatini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan aniqlash va tasdiqlash;
- Sanoat xavfsizligi, suvdan foydalanish, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, mineral xomashyoni qayta ishlash, kumir, ruda va noruda sanoatida tog‘ kon ishlarini geologo-marksheyderlik va portlatish ishlari olib borishda qonunchilik talablariga amal qilishni nazorat qilish;
- Foydalanish uchun litsenziya berilgan yer qa’ri uchastkalarida dastlabki tekshirish o‘tkazadi, shuningdek keyinchalik foydali qazilmalar qazib olishning kelishilgan hajmlariga va konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
- Mineral xom ashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi;
- Korxonalar, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi, kon favvoralariga qarshi kurashish bo‘linmalari, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
- O‘zbekiston respublikasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismiga tezkor va metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- Iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- Ko‘mir, ruda va noruda sanoatidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektalrini sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etishda qatnashish;
- Shu ob’ektlarni ishga tushirish qoidalarini amal qilishni nazorat qilish uchun nazorat osti korxonalar va ob’ektlarni ishga tushirishda davlat komissiyasi tarkibida ishtirok etadi;
- Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini ro‘yxatiga qiritish maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risida axborot tayorlash;
- Yuqori texnogen xavfi bo‘lgan zonasini davlat kadastri olib borishni koordinatsiyasini olib boradi;
- Yuqori texnogen xavfi bo‘lgan zonasida yuqori texnogen xavfi bo‘lgan davlat kadastrini kiritishni nazorat qiladi;
- Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratdagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
- Ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
- Avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;
b) normativlarni tartibga solish sohasida:
- Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish hamda «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qilishni taminlaydi;
- Sanoatda ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qa’rini geologik o‘rganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlashni taminlaydi;
- Foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);
v) ruxsat berish faoliyati sohasida:
- O‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etish uchun takliflar tayorlaydi va materiallarni ko‘rib chiqadi;
- «sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
- Foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, kon ajratish dalolatnomalarini beradi;
- Qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobidan chiqarishni kelishib oladi;
- Kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
- Shaxtalar (konlar)ning bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
- Ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
- Nazoratdagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- Ko‘mir, ruda va noruda sanoati uchun mo‘ljallangan portlatish moddalarini ishlatish uchun xulosa berishda taklif kiritadi va tranzitini nazoratini olib borishda nazorat olib boradi.
- Ko‘mir, ruda va noruda sanoati xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida avariya sodir bo‘lish extimolida xayotga, sog‘liqga va boshka odamlarning mulkiga va atrof muxitga bo‘lgan zararini yetkazganligi uchun majburiy straxovanie xulolasini berish uchun takliflar kiritadi.
g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:
- Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
- Sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muxofaza qilish soxasida ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini ishchilarini tayorlash va attestatsiyasi (bilim tekshirish) tartibini to‘g‘irlash uchun takliflar beradi.
d) xalqaro hamkorlik sohasida:
- Sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatishda ishtiok etadi;