Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi


a) nazorat-profilaktik faoliyat soxasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, tarmoqlar bilan kelishgan holda, o‘ta havfli ishlab-chiqarish va texnologik ob’ektlarda joylashgan ishlab-chiqarish (texnologiya), ob’ektlar, ishlab chiqarish vositalari va xo‘jalik sub’ektlarini ro‘yhatlarini aniqlash va tasdiqlashni ta’minlaydi;
  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda qonunchilikning saqlanishini nazoratlashni amalga  oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi moliya Vazirligining Bosh nazorat –taftish boshqarmasini mutaxassislari, korxonani va ilmiy muasasaning soxa bo‘yicha ekspertlarini  jalb etgan holda, o‘rnatilgan tartibda geologik-qidiruv ishlarining hajmlari, sifati va natijalarini xaqqoniyligini  mustaqil tekshiruvini o‘tkazadi;
  • foydalanish uchun litsenziya beriladigan yer qa’ri uchastkasidagi dastlabki tadqiqotlarda, shuningdek keyingi nazoratlarda ishtirok etadi;
  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda  sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini  takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • nazorat ostidagi korxona va ob’ektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibida ishtirok etadi, ushbu ob’ektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish qoidalarini buzilmasligini nazorat etadi;
  • xavfli ishlab –chiqarish ob’ektlari davlat reestriga kiritish maqsadida XIChO haqida ma’lumotlar to‘plashda, shuningdek kuzatuv ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq shikastlanishlarini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishda qatnashadi;
  • sanoat xavfsizligi dekloratsiyasining ishlab-chiqarishni to‘g‘riligi va taqdimotini monitoringini amalga oshiradi;
  • amaldagi va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligining deklaratsiyalashni o‘tkazishni;
  • geologik o‘rganishlarda avariyalarni va ishlab-chiqarish bilan bog‘liq shikastalanishni oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi, yer qa’ri  mauxofazasi talablarini keng targ‘ib etadi;

b) me’yoriy tartibga solish sohasida:

  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va muxofazalash, ekspert tashkilotlarni sanoat xaavfsizligi soxasida akkreditatsiyalash muammolari bo‘yicha me’riy-xuquqiy va me’yoriy texnik xujjatlarni ishlab chiqishni va qabul qilishni ta’minlash;
  • yer qa’rini geologik o‘rganishda geologik-qidiruv ishlarini xavfsiz olib borish, loyixalashtirish, uskunalarni tayyorlash, o‘rnatish va foydalanish talablarini o‘zida mujassam etgan davlat standartlari loyixalari va boshqa me’yoriy xujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishni va kelishishni ta’minlash;

v) ruxsat berish faoliyati soxasida:

  • yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha faoliyatni aloxida turlarini litsenziyalashtirishda ishchi organ tarkibida ishtirok etadi;
  • yer qa’rini geologik o‘rganishda o‘rnatilgan tartibda aloxida ish turlariga ruxsatni beradi va bekor qiliadi;
  • foydali qazilma konlarini qidirib chamalashlarda geologik-qidiruv ishlari loyixalarini, tog‘ ishlarining rejalarini  ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha texnik qismlarini kelishishadi;
  • kuzatuv ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi qismiga ko‘ra chet el texnologiyasi va uskunalarini qo‘llash imkoniyatlarini  xaqidagi ekspert  xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga takliflar tayyorlaydi; 
  • sanoat xavfsizligi soxasida, o‘rnatilgan tartibda,  ekspert tashkilotlarni akreditatsiyalashtirishga ta’sir ko‘rsatadi va amalga oshiradi; 
  • sanoat xavfsizligiga ko‘ra ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga takliflar tayyorlaydi;
  • xavfli bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektida avariya bo‘lgan xolatda, boshqa shaxslarni hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulki va atrof muxitga zarar keltirgani uchun ma’suliyatga oid majburiy sug‘urtalar bo‘yicha  xulosalar berishga takliflar tayyorlaydi;  

g) mutaxassilarni tayyorlash va qayta tayyorlash soxasida: 

  • yer qa’rini geologik o‘rganishda sanoat xavfsizligi masalalariga doir ilmiy-tadqiqotlar va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni shakllantirishda va kelishishda ishtirok etadi;
  • geologik o‘rganishlardagi sanoat xavfsizligi, yer qa’rini muxofazalash soxalariga oid, xavfli ishlab-chiqarish ob’ektlari ishchilarini taayyorlash va attetatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibi bo‘yicha takliflar beradi ;