Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat xavfsizligi


a) nazorat-profilaktika soxasida

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi, tegishli organlar bilan kelishgan xolda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob – uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologik ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilaydi;
  • donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi jarayonida sanoat xavfsizligi va mehnat  muhofazasi qonun xujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
  • donni saqlash va qayta ishlash korxonalari va ob’ektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etishda ishtirok etadi;
  • o‘z nazorati ostidagi korxonalar va ob’ektlarni qurish, qayta jixozlash, kapital ta’mirlash va yangi don hosilini qabul qilish mavsumiga texnik tayyorligini tekshirish va foydalanishga qabul qilish tegishli komissiyalari tarkibida qatnashadi. ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining davlat reestrida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari hisobini yuritadi.
  • avariya va ishlab chiqarishda jaroxat olishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish va o‘tkazishni nazorat qiladi;
  • Ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi bo‘yicha deklaratsiya qilish ishlarini nazorat qiladi.
  • avariya va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan sanoat xavfsizligi talablarini targ‘ib qiladi.
  • sanoat xavfsizligi soxasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

b) Me’yoriy xujjatlarni tartibga solish soxasida:

  • inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy – xuquqiy va me’yoriy – texnik xujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda rasmiylashtirishda qatnashadi;
  • belgilangan tartibda donni saqlash va qayta ishlash ob’ektlarini loyihalash davrida xavfsiz ish olib borishga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy xujjatlar talablarini bajarilishini ko‘rib chiqadi va kelishadi;

v) xulosa berish soxasida

  • belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi bo‘yicha chet el texnologiyalari va uskunalaridan foydalanishga ekspert tashkilotlarning sanoat xavfsizligi ekspertiza sini o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish xulosalarini berishni tashkillashtiradi.

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash soxasida

  • ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqish va o‘tkazishda qatnashadi, sanoat xavfsizligi bo‘yicha xodimlar tayyorlash dasturini tuzish va kelishishda ishtirok etadi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini xavfsiz ish olib borish bo‘yicha bilimlarini oshirish va sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadi;

d) xalqaro hamkorlik soxasida

  • o‘z vakolati doirasida sanoatda xavfsiz ish olib borish va ilmiy tadqiqodlar soxasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatishda qatnashadi;