Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Respublika vazirlik va idoralarining korrupsiyaga qarshi ichki (komplaens) nazorat tuzilmalarining rahbar va xodimlari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik seminar-treningda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Xilola Mirjavxarova ham ishtirok etmoqda.