Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish haqida
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi inspeksiya va bo‘limlar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlarida yashirin iqtisodiyot vap korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 10 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xaritasi” da belgilangan topshiriqlar yuzasidan Qo‘mitaning 139 ta me’yoriy-huquqiy, me’yoriy-texnik xujjatlari xatlovdan o‘tkazildi, 13 ta idoraviy xujjtalr qabul qilindi.
Shuningdek, Qo‘mitaning shtat jadvaliga o‘zgartirish kiritilib, korrupsiyaga qarshi kurashishi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlari raxbarlariga o‘zlari raxbarlik qilayotgan tarkibiy tuzilmalarda korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatildi hamda mazkur yuklatilgan vazifalar dorasida korrupsiyaga qarshi kurashishi bo‘yicha bosh mutaxassis bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi va zamon ushbu tizimni aniq va maqsadli yulga quyishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bunda asosiy yo‘nalish etib quyidagi mezonlarni belgilab olish maqsadga muvofiq deb xisoblaydi:
- korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan kadrlar yuridik yoki pedogogik bilimga yoki kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bulgan shaxs bulishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari bo‘yicha maxsus o‘quv-metodik va boshqa adabiyotlarni yaratish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlar, fikr almashuv, seminar-kengashlar, forumlar utkazish;
-ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, shu jumladan:
jamiyatda korrupsiyaning mavjud bo‘lgan xavf-xatarlari asosida, o‘quv materiallarini tayyorlash uchun yagona metodologik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
barcha ta’lim muassasalari, shu qatorda davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’lim berishga mas’ul shaxslarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha muassasalarda taalluqli dasturlarni joriy etish (bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi, davriyligi tegishli vazirlik idora tomonidan belgilanadi. Qonun hujjatlari bilan ayrim soha vakillarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qo‘yilgan talablar belgilanib qo‘yilishi mumkin. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi);
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, shu jumladan xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, «davra suhbatlari» va konferensiyalar o‘tkazishni nazarda tutadigan xalqaro mezonlar va ilg‘or chet el tajribalarini joriy etish, stajirovkadan o‘tishini tashkil etish;
Tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi, tashkilot va uning xodimlarining holati unga nisbatan tasavvurlarni paydo qiladi. Tashkilot nomidan harakat qilayotgan xizmatchiga qarab tashkilotga baho beriladi. Shu sababli, har bir tashkilotda ishning qanday yo‘lga qo‘yilganligi, korrupsion omillar mavjud yoki mavjud emasligi juda muhim ahamiyatga egadir. Tashkilotni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ular bilan doimiy ishlash, malakasini oshirib borish, samarali xodimlar zaxirasini shakllantirish masalalari har qanday tashkilot oldida turgan birinchi galdagi vazifalardan hisoblanadi. Shunda ekan, tizimni joriy etishda mas’ullarning malakasi va salohiyati muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan hisoblanadi.