O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va tartibga solishning yagona tizimni tashkil etadi.
- Hududiy boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son
qaroriga1-ILOV
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining
TASHKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son
qaroriga2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son
qaroriga
4-ILOVA
Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti