Jumaev Ma'rufjon Sharifjon o‘g‘li

Jumaev Ma'rufjon Sharifjon o‘g‘li
Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

1994 yil Namangan viloyati Chust tumanida tug`ilgan.


2013–2017 yy. – Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan;
2015–2018 yy.– “Madaniyat va ma`rifat”, “Dunyo bo‘ylab” telekanlarida “Yoshlar nigohi”, “Zamonaviy ta`lim”, “Obraz shou”, “Turfa olam” ko‘rsatuvlari boshlovchisi hamda muxbiri;
2017-2018 yy. – “O‘zbekkino” Milliy agentligi Toshkent shahar hududiy bo‘limi ish yurituvchisi;
2018–2018 yy. – Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi uslubchisi;
2018–2020 yy. – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti xalqaro jurnalistika yo‘nalishi magistraturasi;
2020 yildan xozirgi vaqtgacha – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo’yicha rais maslahatchisi.


+ 998 (71) 244-91-17        matbuot@scis.uz


Funksiyalari:

– Qoʼmita va uning tarkibiy tuzilmalari faoliyati, shuningdek qabul qilingan qonun hujjatlar bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash;
– axborotni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internetda eʼlon qilish, rasmiy veb-saytda joylashtirish va yangilashni taʼminlash;
– ommaviy tadbirlarni (sessiyalar, uchrashuvlar, Qoʼmita rahbariyati ishtirokida matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar) tashkil etish va oʼtkazish;
– ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar, ularning murojaatlari asosida ogʼzaki va yozma shaklda (shu jumladan yelektron shaklda) maʼlumotlarni taqdim etish;
– qabul qilingan qonun hujjatlari, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlar toʼgʼrisida keng jamoatchilikni xabardor qilish;
Qoʼmita rahbariyati va mutaxassislarining reja-jadvali asosida nutqlarini tayyorlash hamda, eʼlon qilishni tashkillashtirish;
– Milliy va xorijiy nashrlarda bosma mahsulotlarni tayyorlash va nashr etish, Qoʼmita masalalarini qamrab olgan televidenie va radio eshittirishlarni eʼlon qilish;
– jamoat fikri, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining Qoʼmita faoliyatiga oid pozitsiyasini oʼrganish boʼyicha tahliliy ishlarning olib borilishini taʼminlash, Qoʼmita rahbariyatiga hisobot berish uchun hozirgi nashrlarga sharhlar tayyorlash;
– ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumot almashinuvi ishlarini olib borish boʼyicha Qoʼmita faoliyati doir tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish;
– Qoʼmita yigʼilishlari, konferentsiyalari va boshqa tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash;
– Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida Qoʼmitaga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi doirasida Qoʼmita faoliyatini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida seminarlar, treninglar, konferentsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʼtkazilishini taʼminlash.