Mirjavharova Xilola Tursinovna

Mirjavharova Xilola Tursinovna
Korrupsiyaga qarshi kurashish-komplaens nazorat bo‘lim bosh mutaxassis

Funksiyalari:

Qo’mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

  • qo’mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
  • qo’mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun qo’mita rahbariga kiritadi;
  • qo’mitaning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • qo’mita tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar loyihalarini qo’mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;
  • qo’mitada korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi.

 Qo’mitada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

  • qo’mitada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo’yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va qo’mitada korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo’lgan lavozimlar ro’yxatini yaratadi;
  • qo’mita tomonidan o’xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo’nalishlari haqida ma’lumot to’playdi;
  • maxsus axborot aloqa kanallari orqali qo’mita xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko’rib chiqilishini ta’minlaydi;
  • qo’mitada yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o’tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro’yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo’yicha ma’lumotlarning to’g’ri va to’liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to’qnashuvini tahlil qilishda va qo’mita bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
  • qo’mita xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
  • korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo’ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni qo’mita xodimlariga etkazadi;
  • qo’mita faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so’rovlar o’tkazadi;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo’yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va etarliligini nazorat qiladi;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qo’mitada korrupsiya faktlari yuzasidan o’tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;
  • har chorakda va qo’mita rahbari talabiga ko’ra qo’mitada korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida ma’lumot kiritib boradi;

 


+ 998 (71) 244-23-53        info@scis.uz


Funksiyalari: