Saboxitdinov Sunnatilla Xojiakbar o‘g‘li

Saboxitdinov Sunnatilla Xojiakbar o‘g‘li
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi.

1992 yil 29 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan;


2011-2015 — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Tarix” fakulteti “Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” yo‘nalishini tamomlagan;

2015-2020 — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi;

2019 — Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining “Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari” tinglovchisi;

2020 — hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi.


       


Funksiyalari:

Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz     ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;