1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan
2011-2015 — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Tarix” fakulteti “Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” yo‘nalishini tamomlagan
2015-2020 — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi
2019 — Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining “Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari” tinglovchisi
2020-2021 — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi
2021-2021 — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Yuridik bo‘lim boshlig‘i
2021 yil dekabr oyidan boshlab hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Yuridik bo‘lim bosh yuristkonsult
+ 998 (71) 244-13-17 yurist@scis.uz
Funksiyalari:
Qo‘mita va uning tuzilmalarida maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish. Bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishida ishtirok etish;
Qo‘mita va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi yozishmalar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob xatlari, Qo‘mitaning qaror va buyruqlari, turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar va boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga hamda o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqligini nazorat qilish;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
Qo‘mita va uning tarkibiy tizimidagi tashkilot va muassasa xodimlariga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
Qo‘mitaning markaziy tuzilmasidagi barcha tashqi va ichki yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini taʼminlashda ishtirok etish;
davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy hamda texnik atamalarni o‘zbek tiliga moslashtirish, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish.