Yunusov Orif Nazrullaevich

Yunusov Orif Nazrullaevich
Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

1960 yil 10 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan;

1978–1983 — Toshkent politexnika institutini tog‘-kon muxandisi-marksheyder mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

1983–1985 — «Tashkentgeologiya» geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Kompleksining Sharqiy Quramin otryadida texnik-marksheyder lavozimida boshlagan;

1985–1987 — O‘zbekiston Respublikasi geologiya vazirligi huzuridagi SAIGIMS ilmiy tadqiqot institutining tog‘-kon qidiruv ishlari texnik-texnologiyasi sektorida katta muhandisi;

1989–1992 — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tog‘-kon texnazoratga yetakchi muxandisi;

1992 — Xalq demokratik partiyasi a’zosi;

1992–2003 — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tog‘-kon texnazorat texnik bo‘limi boshlig‘i;

2003–2005 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yetakchi mutaxassis;

2005–2007 — «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi Texnik boshqarmasi boshlig‘i;

2007–2019 — «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari;

2019– O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan;

2006 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan;


+99871 244-15-47    +99871 244-21-22    info@scis.uz


Funksiyalari:

-Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorat ostidagi obyektlarida zaruriyatga koʻra, avariyalar, ishlab chiqarishda jaroxatlanish, portlovchi moddalar yoʻqolishi hollarining sabablarini belgilangan tartibda surishtiradi va natijalarga koʻra rahbariyatga hisobot kiritadi;
-Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga xar oy sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda kon ishlari holati boʻyicha materiallar (hisobot) taqdim etadi.
b) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini nazorat qilish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, kon ishlarini olib borishning xavfsizligi, shuningdek, istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining inspeksiya, hududiy boshqarma va kon-texnika inspeksiyalari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini operativ boshqarishida va metodik rahbarlik qilinishida ishtirok etadi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va taqdim etilishining toʻgʻriligi monitoringi va nazoratini olib boradi;
ishlab turgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashni tahlil va nazorat qiladi;
yuqori texnik xavfli zonalarning davlat kadastri yuritilishini nazorat va tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 291-sonli qaroriga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining yagona davlat reyestrini yuritadi.
v) sanoat xavfsizligini taʼminlash borasida respublikada yoqilgʻi-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash yuzasidan yoqilgʻi-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik rejalar va dasturlarga takliflarni ishlab chiqishida ishtirok etadi;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash yuzasidan yoqilgʻi-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash ishlari olib borilishini nazorat qiladi;
d) sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish sohasida:
sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazishda va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
sanoat xavfsizligi sohasida berilgan ekspert xulosalarining yagona hisobini yuritilishini nazorat qiladi;
sanoat xavfsizligi sohasida berilgan ekspert hulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni belgilangan tartibda oladi;
y) sanoat xavfsizligi borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish sohasida:
sanoat xavfsizligi sohalarida texnik jihatdan tartibga solish, Boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va qabul qilishida ishtirok etadi;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablari mavjud boʻlgan normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishilishida ishtirok etadi;
j) xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli boʻlgan xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash sohasida:

sanoatda va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borish ustidan nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlik qiladi, Boshqarmaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa qiladi;
horijiy davlatlarning nazorat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida idoraviy bitim (Memorandum) hamda Sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi;
z) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida:
sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning malakasini tizimli asosda oshirilishida ishtirok etadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida atom energetikasi obyektlari, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha, shuningdek, istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish boʻyicha xodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini tasdiqlashda ishtirok etadi;
Boshqarma unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.