Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z faoliyati davomida bir qator
Davlat boshqaruv organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi
Davlat boshqaruv organlari
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
Xalqaro hamkorlik
- «Yadro fizikasi instituti tadqiqot reaktorini yadroviy xavfsizligini mustahkamlash va undan foydalanish samaradorligini oshirish»;
- «Uzgidromet» Markazining radioaktiv ifloslanishni monitoring qilish laboratoriyasini texnik jihatdan takomillashtirish»;
- «Amaliy fizika sohasida ta’lim standartlarini va mutaxassislarni tayyorlashni yaxshilash»;
- «Milliy etalonlar bazasini yaratish va radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha metrologik ta’minlashni takomillashtirish».
- Shuningdek, Yevropa ittifoqi Komissiyasi ko‘magida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:
- «Chorkesar va Yangiobod shaharchasidagi sobiq uran konlarining atrof muxitga ta’sirini kompleks baholash va izdan chiqqan ekologik sistemani rekultivatsiya qilish yo‘llarini o‘rganish»;
- «Markaziy Osiyo davlatlari, Gruziya va Afg‘onistonda chegaralarni monitoring qilish faoliyati».
Xalqaro kelishuvlar
- Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risida Kelishuv.
- O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro atom energiyasi Agentligi o‘rtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risida Kelishuvga ko‘ra garantiyalarni qo‘llash haqida Bitim.
- O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro atom energiyasi Agentligi o‘rtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risida Kelishuvga ko‘ra garantiyalarni qo‘llash haqida Bitimga qo‘shimcha bayonnoma.
- Yadroviy materiallarni fizik ximoyasi to‘g‘rsida xalqaro Konvensiya.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevratom) o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Bryussel, 2003 yil).
- Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi Shartnoma (Semipalatinsk, 2006 yil 8 sentabr)
- Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiya (Vena, 1997 yil 5 sentabr)

