Tashkentbaev Ibragim Ergashevich

Tashkentbaev Ibragim Ergashevich
Rais o'rinbosari - Radiatsiya va yadro xavfsizligi departementi boshlig‘i

1959 yilda Tojikiston Sho‘rob shahrida tug‘ilgan

1982 yilda Toshkent Politexnika institutini muhandis-tizimtexnigi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan

Tashkentbaev Ibragim Ergashevich 1982 yilda Toshkent shahridagi Butunittifoq ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo boshqarmasining ko‘tarish inshootlari bo‘yicha muhandis sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan

1984—1992 —  Institutda kichik ilmiy xodim, so‘ngra ilmiy xodim bo‘lib ishlagan

1992—1994 —  O‘rta Osiyo bo‘limi bazasida tashkil etilgan «transmashko‘tarish» texnik markazining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan

1994—1996 — Ko‘tarish va tashish uskunalarini tashxislash va ta’mirlashga ixtisoslashgan «Rubin» direktori lavozimida ishlagan

1996—2007 — «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasining texnik yordam va xizmatlar ko‘rsatish markazi direktori bo‘lib ishlagan

2007—2017 —  Ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan

2017—2019 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha gidroenergetika va sanoat xavfsizligi, axborot-tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi

2019 yilning martidan iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining yadro energetikasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan

2019 yilning iyulidan O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mi tasi raisining o‘rinbosari — radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi vakolatli mutaxassis. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazorat qilish tizimini joriy etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar loyihasini va O‘zbekiston Respublikasining «Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etdi.


+998 (71) 244-13-17    +998 (71) 244-23-33   


Funksiyalari:

Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va bevosita boshqarish, shu sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqishni tashkil etish;

Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamentining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha texnik tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlar va me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish va yanada asosiy faoliyatin muvofiqlashtirish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadrov xavfsizlik sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish.