1985 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan
2002–2008 — Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
2010–2011 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Ko‘mir, kon ruda va noruda sanoatini nazorat qilish, hamda geologiya marksheyderlik nazorati tarmoq inspeksiyasi bosh mutaxasisi
2011–2017 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Toshkent mintaqaviy inspeksiyasining boshlig‘i muovini
2017–2019 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Ko‘mir, kon ruda va noruda sanoatini nazorat qilish, hamda geologiya marksheyderlik nazorati tarmoq inspeksiyasi boshlig‘i
2019—2020 — Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi Ko’mir, kon-ruda va noruda soxalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig’i
2020 — h.v. — Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi raisning birinchi o’rinbosari.
Funksiyalari:
Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;