1959 yil 27 mart kuni Toshkent shaxrida tug‘ilgan;
1976–1977 — Toshkent shaxridagi 2-sonli Aviatsiya-texnika xunar bilim yurtini bitirgan;
1977–1987 — Toshkent Politexnika institutining muxandis-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;
1980-1986 — Ish faoliyatini Toshkent to‘qimachilik kombinatida paxta titish mashinalarning ta’mirlovchi-chilangar;
1986–1993 — Toshkent Toshkent issiklik markazida (TES) navbatchi elektromontyor, bosh navbatchi elektromontyor, Issiqlik markazining smena boshlig‘i, kotloturbina sexining boshlig‘i;
1993–2009 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Bug‘ kozonlari va ko‘tarish inshoatlarini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasining davlat inspektori;
2010–2019 – “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining “Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi” boshlig‘i.
2019— 2021 O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi gaz xo‘jaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i;
2021 — yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig'i
+998 (71) 244-38-00 kimyo@scis.uz
Funksiyalari:
- O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va nazoratni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
- Xavfli ishlab chikarish ob’ektidan foydalanishga tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi;
- Inspeksiya nazorati ostidagi ob’ektlardagi shart-sharoitlar va avariya, ishlab chikarishda jaroxatlanish xolatlari va sabablarini belgilangan tartibda tekshiradi;
- Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat xavfsizligi soxasida texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi qonun xujjatlari va normativ xujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va nazorat qilishni amalga oshiradi;
- Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini belgilashda ishtirok etadi;
- Nazorat ostidagi ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi va davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etadi, ushbu ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
- Avariya va ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilish zarurligi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;
- Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlatiladigan bosim ostida ishlaydigan (SUG) sig‘imlarni ro‘yxatga oladi;
- Sanoat xavfsizligi soxasida texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ – xuquqiy xujjatlar va normativ xujjatlar loyixalarini ishlab chiqishda va Inspeksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha ishtirok etadi;
- Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash uchun o‘z vakolatlari doirasida xulosalar beradi;
- Inspeksiya vakolatiga kiruvchi ayrim ish turlariga ruxsatnomalar berish va belgilangan tartibda bekor kilish uchun takliflar tayyorlash;
- Sanoatdagi ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borilishini nazorat qilish soxasida xalqaro xamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi, Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan aloqalarni olib boradi;
NIZOM | 791.69 kB