Irkabaev Umarali Usmanovich
Irkabaev Umarali Usmanovich
Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i
1968 yil 13 iyulda Toshkent viloyati Oxongaron tumanida tugʼilgan.
1985-1991 - Toshkent Davlat Politexnika instituti talabasi;
1997-2000 - Toshkent Davlat Pedagogika instituti talabasi;
1989-1997 - Аngren shaxar АTP-72 xaydovchi.
1997 — 2003 - “Oʼzbekkoʼmir” xaydovchi.
2003 — 2004 - “O‘zbekko‘mir” Angren ko‘mir konida tog‘ ustasi;
2004 — 2010 - “O‘zbekko‘mir” Angren ko‘mir konida bo‘lim boshlig‘i;
2010 — 2012 - “O‘zbekko‘mir” Ko‘mir-kon qurilishda bo‘lim boshlig‘i;
2012 — 2017 - “O‘zbekko‘mir” Angren ko‘mir konida bosh muxandis;
2017 — 2017 - “O‘zbekko‘mir” Apartak ko‘mir konida boshliq;
2019- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i.
Funksiyalari:
- Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;