Jo‘raev Shuxrat To‘raevich

Jo‘raev Shuxrat To‘raevich
Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i

1963 yil 23 sentabrda Angren shaxrida tug‘ilgan;

1984–1990 — Toshkent politexnika institutini “Foydali qazilma konlarini yer ostida kovlab olish ishlarining texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

1981–1987 — «Sredazugol»   Sanoat birlashmasining:

  • «Angren razrezi»da 4-razryadli kon ishchisi;
  • «Angren razrezi»da  2-razryadli temir yo‘l manteri;
  • «Angren razrezi»da 3-razryadli temir yo‘l manteri;
  • «9-son shaxtasi»da 2-3 razryadli yer osti elektrchilangari;

1987–1996 — «Uzbekko‘mir» Sanoat birlashmasining «Angren razrezi»ning 1-son  qazib chiqarish uchastkasida 3-toifali elektrchilangar, kon ishlab chiqarish ustasi,  uchastka boshlig‘i o‘rinbosari;

1996–2002 — Angren kon-texnik inspeksiyasining bosh mutaxassisi, «O‘zsanoatkontexnazorat» Davlat Qo‘mitasi ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i muovini;

2002–2013 — «Olmaliq KMK» OAJning Texnika xavfsizligi, mexnat va atrof-muxit muxofaza qilish bo‘yicha texnik direktor o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i, Texnika xavfsizligi va mexnatni   muxofaza qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, Tog‘-kon, geologorazvedka va transport yo‘nalishlari bo‘yicha texnika xavfsizligi va mexnatni   muxofaza qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

2013 — yildan xozirgi kungacha — «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining Davlat nazorat boshqarmasi boshlig‘i.


        sh.juraev@scis.uz


Funksiyalari:

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz     ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi  vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;