Qo‘mita tarixi

Qo’mita tarixi

1947 yil SSR Ministrlar Soveti qoshidagi Davlat konchilik nazorati Bosh Boshqarmasining O‘rta Osiyo konchilik okrugi Boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik O‘zbekiston SSR Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasiga (Gosgortexnadzor UzSSR) mukammallashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekiston SSR Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 yanvardagi 17-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasiga qayta nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 07 fevraldagi UP-2535-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasi «Sanoatkontexnazorat» Agentligiga aylantirildi.

2004 yil 9 iyuldagi N PF-3454-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Sanoatda, gaz ta’minoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Agentligini O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ("Sanoatkontexnazorat" DI)ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ("Sanoatgeokontexnazorat" DI) etib qayta tashkil qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish ustidan davlat nazorati Boshqarmasi uning tarkibiga topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5594-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-4058-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida”gi 75-son qaroriga asosan Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tashkil topgan

`