1958 yil 30 martda Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanida tug’ilgan;
1975–1980 — Toshkent Politexnika instituti talabasi;
1980–1981 — “Urganch issiqlik tarmoqlari” korxonasi katta mashinisti;
1981–1982 — “Urganch issiqlik tarmoqlari” korxonasi smena boshlig’i;
1983–1987 — “Urganch issiqlik tarmoqlari” korxonasi qozonxona sexi boshlig’i o’rinbosari, qozonxona sexi boshlig’i;
1987–1990 — “Urganch issiqlik tarmoqlari” korxonasi bosh muxandisi;
1990–2002 — «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi inspektori;
2002–2019 — hozirgi vaqtgacha «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi Xorazm mintaqaviy inspeksiyasi boshlig’i
2019– Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi Xorazm hududiy boshqarmasi boshlig‘i
(0-362) 228-73-99 (0-362) 228-73-99 xorazm@scis.uz
Funksiyalari:
- Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
- «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;
NIZOM | 782.46 kB