Ko'p beriladigan savollarga javoblar
- Attraksionlarni boshqaruvchi operator-kontralyorlik lavozimiga ishga qabul qilish shartlari qanday?
Attraksionlarni boshqaruvchi operator - kontralyorlik lovozimiga 18 yoshga to'lgan va undan katta yoshdagi shaxslar qabul qilinadi. Sog'lomligi to'g'risida tibbiyot ko'rigtdan o'tgan bo'lishi shart.
2. Attraksion operator-kantralyorlari malakasini oshirish va o'qitish.
Attraksionlarni boshqaruvchi operator-kontralyorlikga qabul qilingan shaxslar maxsus kurslarda texnika xavfsizligi, mexnatni muxofaza qilish va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha o'qishlari va o'qiganliklari to'g'risida guvoxnomaga ega bo'lishlari kerak.
3. Park attraksionlarini yurituvchi subektlar tomonidan qanday normativ-texnik xujjatlar ta'labiga rioya qilishlari kerak?
Park attraksionlarini yurituvchi subektlar tomonidan quyidagi normativ-texnik xujjatlar ta'labiga rioya qilishlari shart:
a) Park attrakyionlaridan foydalanishda texnik xavfsizlik va sanoat sanitariya qoidalari;
(O'zbekiston Respublikasi adliya Vazirligi texnik hujjatlar bilan bog'liq muvofiqlashtirish. 30 avgust, 2018 yil ,№ 6-21 30/3-14294/6 )
b) Attraksionlarni mavsumga tayyorlash va ishga tushurish uchun qo'llanma.
(O'zbekiston Respublikasi adliya Vazirligi texnik hujjatlar bilan bog'liq muvofiqlashtirish, 6-21/3-16121/6-son 29.09.2018 yil)
4. Park attraksionlari qanday turlarga bo'linadi?
Park attraksionlari quyidagi turlarga bo'linadi:
Mexanizasiyalashgan attraksionlar- unda,yo'lovchilar turli xil energiya shu jumladan tortishish kuchi ta'siri natijasida xarakatlanishi. Insonning mushak energiyasi bundan mustasno.
Mexanizasiyalashmagan atraksionlar- unda, yulovchilar xarakati inson energiyasi va tortishish kuchi ta'sirida amalga oshadi.
5. Park attraksionlarini montaj, remont va texnik ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
1) montaj va sozlash ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki ishlab chikaruvchi korxona tamonidan amalga oshiriladi.
2) mexanizasiyalashmagan attraksionlarni o'rnatish va sozlash ilashlarini mulkdorning texnik xazmatlari amalga oshirishi mumkin, zarur bo'lsa boshqa tadbirkorlarni yollashga ruxsat beriladi.
3) fundamentli attraksionlarni o'rnatish uchun geologik tadqiqotlar dalolatnomasi va qazish ishlari uchun ruxsatnoma mavjud bo'lishi kerak.
6. Attraksionlarda o'tkaziladigan profilaktika texnik xizmat ko'rsatish turlari.
Attraksionlarda o'tkaziladigan profilaktika texnik xizmat ko'rsatishning kunlik, davriy va mavsumiy turlari mavjud.
7. Attraksiondan foydalanish xujjatlarining minimal tarkibi qanday?
Xujjatlarning minimal zarur qismi:
- passport;
- foydalanish yo'riknomasi;
- butlash etiyot qismlar, asboblar va jixozlar qaydnomasi;
- foydalanish xujjatlari qaydnomasi.
8. Park attraksionlarining qanday biomexanik xatar darajalari mavjud?
1-daraja-juda baland;
2-daraja-baland;
3-daraja-yuqori;
daraja-minimal.
9. Attraksionlarni foydalanishga qabul qilish sinov dasturi va metodikasi.
Foydalanishga qabul qilish sinov dasturi va metodikasi quyidagilarni o'z ichiga olishi karak:
- attraksionning muvofiqlikka tekshirish, komponentlar va uning mexanizmlari, shu jumladan muxum komponentlari, loixa va konstruktorlik xujjatlari;
- yuksiz sinov;
- to'liq yuklatilgan xolatda sinov, shu jumladan beqaror yuk bilan;
- xar tamonlama ishonchliligini tasdiqlash lozim bo'lgan boshqa testlar, konstruksiyaning xavfsizlik va texnik xujjatlari talablariga rioya qilishi;
- attraksionning foydalanishga qabul qilish sinov natijalari dalolatnoma tuzib rasmiylashtiriladi.
10. Qanday hollarda attraksion foydalanishga qo'yilmaydi?
Quyidagilar bo'lmaganda attraksiondan foydalanishga ruxsat berilmaydi:
- pasport;
- ta'lim olgan va bilimi sino'vdan o'tkazilgan xizmatchi va ma'sul shaxslar;
- texnik ko'rikdan o'tkazish natijalari buyicha salbiy xulosa;
- attraksionlardan xavfsiz foydalanishga ta'sir qiluvchi tashqi tekshirish natijasida aniqlangan, foydalanish xujjatlari talabiga mos kelmagan kamchiliklar bartaraf qilinganligi xaqida dalolatnoma, nuqsonlar, shikastlar;
- attraksionlarning to'xtab qolishi natajasida odamlarni evakuasiya qilish rejasi ishlab chiqarilmagan.
Tadbirkorlar tomonidan radiasiya va yadro xavfsizligi departamentiga ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo'lish sohasidagi faoliyatni amalga
oshirish uchun beriladigan savollar
Rengen qurilmalaridan foydalanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma necha yilga beriladi. (06.06.2017 yildagi 360-sonli VMQ)?
3 yilga.
Rengen qurilmalaridan foydalanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma olish uchun kanday xujjatlar topshirish kerak?
Ariza;
SES sanitar-epidemiologik xulosasi;
tulovnoma nusxasi.
“Radiasiyaviy xavfsizlikni ta'minlash” yo'riqnomasi kim tomonidan ishlab chikiladi va xodimlarni instruktajdan utkazish oralig'i kanday?
yo'riqnoma har bir ob'ekt tomonidan individual ishlab chiqiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish (INM) soxalarini lisenziyalash kaysi karor yoki xujjatga asosan amalga oshiriladi?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Ionlashtiruvchi purlanish manbalarini muomalada bo'ladigan soxalardagi faoliyatini lisenziyalash tartibi to'grisida nizom”ni tasdiqlash xaqidagi 02.10.2018 y. 782 – sonli qaroriga asosan.
INM lardan foydalanishga lisenziya olish uchun kanday xujjatlar topshiriladi?
Lisenziya berish to’qrisida ariza, unda quyidagilar ko’rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-xuquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi xisob raqami;
lisenziyalanayogan faoliyatning (uning bir kiqmining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan turi;
lisenziyalanadigan faoliyat ishlari bilan bevosita shugullanadigan xodimlar ro'yxati, unda ularning ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, lisenziyalanadigan faoliyat turi bo'yicha ish staji ko’rsatiladi.
Lisenziyalovchi organ lisenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo'lgan zarur xujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o'zaro axborot xamkorligi yo’li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilayotgan xujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Xodimlarning olgan individual dozalari kanday aniklanadi va ular xakida ma'lumot kaerdan olinadi?
“A” kategoriyaga kirgan xodimlar olgan individual dozalari Respublika Sanitariya epidemiologiya nazorati tomonidan tekshiriladi va ma'lumot beradi.
Xodimlarning radiasiyaviy xavfsizlik sohasida malakasini oshirish qanday amalga oshiriladi?
Eng kamida 18 yoshga to'lgan va tibbiy ko'rsatmalarga ega bo'lmagan shaxslarga radiasiyaviy manbalar (A toifali xodimlar) bilan ishlashga ruxsat beriladi.
Radiasiyaviy manbalar bilan ishlashga qabul qilinishdan oldin, xodimlar tashkilotdagi mexnat xavfsizligi qoidalari va ishlatish bo'yicha ko'rsatmalar xaqida bilimlarini, o'qitilgan bo'lishi kerak.
Tashkilotda radiasiyaviy xavfsizlik qoidalari bo'yicha bilimlarni o'rganish komissiya tomonidan ish boshlangunga qadar va davriy ravishda, yiliga kamida bir marta va boshqaruv xodimlari kamida 3 yilda 1 marta amalga oshiriladi.
Malakaviy talablarga javob bermaydigan shaxslar ishlashlari mumkin emas.
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish to'g'risida joriy yilning 1 fevraligacha yillik yangilanadigan axborotga qanday ma'lumotlar kiritilishi kerak?
RM va RCh aylanishi sub'ektlari tomonidan RM va RCh olinishi va berilishi vaqtidagi hisobga olish va nazorat qilish to'g'risida 10 kun ichida axborot;
RM va RCh aylanishi sub'ektlari tomonidan RM va RChni hisobga olish va nazorat qilish to'g'risida joriy yilning 1 fevraligacha yillik yangilanadigan axborot;
tayyorlovchi tashkilotlar, RM radionuklid manbalar, tarkibida radionuklid manbai bo'lgan asboblar (apparatlar, qurilmalar) bilan ta'minlovchi tashkilotlar hamda ularni qayta ishlovchi, saqlovchi va ko'mib yuboruvchi tashkilotlar tomonidan;
har chorakda bir marta RM berilishi (olinishi) to'g'risidagi axborot taqdim etiladi.
Korxonada o'rnatilgan gaz jixozi va qurilmalarida sozlash va ishga tushirish ishlarini olib borish uchun kimga murojaat etilishi kerak?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-sonli qaroriga asosan, korxonada o'rnatilgan gaz jixozi va qurilmalarida sozlash va tamirlash ishlarini bajarish uchun korxona nomidan Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasiga murojaat xati yoziladi.
Xatda sozlash ishlariga so'ralayotgan qozonxona yoki ishlab chiqarish sehida o'rnatilgan gaz jixozining rusumi aniq ko'rsatilishi kerak.
Korxonada gaz montaj ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
Gaz montaj ishlari Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan maxsus ruxsatnomaga ega bo'lgan MChJlar yoki maxsus tashkilotlar tomonidan bajarilishi kerak.
Axoli xonadonlaridagi mavjud bo'lgan maishiy gaz balonlari kimlar tomonidan tekshiriladi va kimlar tomonidan suyultirilgan gaz bilan to'ldiriladi?
Aholiga tegishli bo'lgan maishiy gaz balonlari shaxar va viloyat xududlarida faoliyat yuritayotgan GTS va GTPlar tomonidan tekshiriladi va suyultirilgan gaz bilan to'ldiriladi.
Korxonadagi gaz jixozi va qurilmalarini bexatar ishlatish uchun javobgar shaxs etib kimlar tayinlanadi?
Korxonalarda gaz xo'jaligidan bexatar foydalanish uchun javobgar shaxs etib oliy yoki o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar tayinlanishi kerak.
GEOLOGIYA QIDIRUV ISHLARI OLIB BORILISHIDA SANOAT XAVFSIZLIGI BO'YICHA DOLZARB SAVOLLAR:
Kimyoviy moddalar va reaktivlar solingan idishlarning yorlig'ida nimalar yozilishi kerak? (GQI XQ 8.1.6.)
Javob: Kimyoviy moddalar nomi va ularning formulasi.
Oltingugurt uglerodi, benzin va boshqa yonuvchan suyuqliklar bilan yonib turgan gaz gorelkalariga va qizdirilgan yuzalardan qanday masofadan kam bo'lgan xolatda ishlash taqiqlanadi.
(GQI XQ 8.3.6)
Javob. 5- metr.
Qaysi muddatda laboratoriya xonalari sovunli iliq suv bilan yuvilishi lozim. (GQI XQ 8.3.37)
Javob: bir oyda bir marta.
Kimyoviy reagentlarni sarflovchi omborlarni qayerda joylashtirilishi lozim. (GQI XQ 8.16.1)
Javob: alohida turgan binolarda.
Ishlab chiqarish xonalaridagi ishchi zonalarda havo harorati engil ish sharoitida qanday oraliqlarda bo'lishi lozim. (GQI XQ 12.2.5.2)
Javob: +17 do +22°S gacha.
Ikki va undan ortiq namuna oluvchilar bir vaqtni o'zida bir pog'onada ishlaganda, ularning ish joylari oralig'i necha metrdan kam bo'lmasligi kerak?
Javob: 1,5 m kam bo'lmasligi kerak.
Ish joylarini mehnat muhofazasiga oid me'yoriy talablarga muvofiqligi bo'yicha attestasiya qilish qaysi muddatlarda o'tkaziladi?
Javob: 5 yilda 1 marta.
Mustahkam tog' jinslarda tik yonli kon inshootlarini necha metr chuqurlikda mustahkamlamasdan o'tish mumkin.
Javob: 2 metrdan ko'p bo'lmagan xolatda.
Geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun tuzilgan loyixalari qaysi idoralar bilan kelishilishi lozim?
Javob: Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi bilan.
Er yuzasidan, to'siq yoki ishchi to'shama yuzasidan 1,3m yuqorida turib bajarladgan ishlar qanday ishlar xisoblanadi?
Javob: balandlikda bajariluvchi ishlar xisoblanadi.
Geofizik asbob-uskunalarni elektr tarmog'i bilan ulovchi kabel, er yuzasidan qancha balandlikda ilinishi kerak. (GQI XQ 3.3.1.14.)
Javob: Er yuzasidan 0,5 m balandlikda ilinishi lozim.
Kon inshootlari tog' jinsini 2,5 m chuqurroqdan olib tashlash yo'li bilan qaziganda, eni kamida necha metr bo'lgan pog'ona qoldiriladi. (GQI XQ 6.2.3)
Javob: Eni kamida 0,5 m bo'lgan pog'ona qoldiriladi.
Namunalarga ishlov berish uchun moslamlar o'rtasidagi va uskunalar hamda bino devori oralig'ida o'tish joylarini kengligi necha metrdan kam bo'lmasligi kerak. (GQI XQ 7.3.9)
Javob: O'tish joylarining kengligi 1metrdan kam bo'lmasligi kerak.
Namunalarga qo'lda ishlov berilganda ishchilar bir-biridan kamida necha metr bo'lgan masofada joylashishlari kerak. (GQI XQ 7.3.18)
Javob: 0,5 metrdan kam bo'lmagan masofada joylashishlari kerak.
Simob bilan ishlovchilarning korjomalari uy kiyimlaridan alohida ajratilgan holda saqlanishi va haftada kamida necha marta yuvilishi kerak. (GQI XQ 8.3.40).
Javob: Xaftada bir marta yuvilish kerak.
Konveyerlarning to'xtatish tugmasi qanday masofada bo'ladi?
Konveyerlarning bosh va orqa qismlarida konveyerni to'xtatish uchun avariya tugmalari bo'lishi lozim.
Umumiy uzunligi bo'yicha ochiq konveyerlarning xavfli joylarda konveyerni avariya vaziyatlarida xohlagan joyda to'xtatish uchun qo'shimcha to'xtatish moslamalari bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Omborxonalarning pastki va yuqori siloslarda pastki va yuqori konveyerlarning uzunligi bo'yicha har 10 m masofada “To'xtatish” tugmasi bo'lishi zarur.
Don maydalash stanoklari vallari tepasiga panjarali saqlagichlar qanday maqsadda o'rnatiladi?
Stanokda aylanayotgan vallar orasiga xodimlarning qo'li panjalari tushib qolmasligining oldini olish maqsadida panjarali saqlagichlar bilan ta'minlangan bo'lishi zarur.
Noriyani “To'xtatish” tugmasi qaerda joylashgan bo'ladi?
Noriyani to'xtatish uning bosh qismi (golovka) va bashmaki yonidagi “To'xtatish” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Barcha turdagi noriyalarning bashmaklarida qanday moslamalar nazarda tutilishi kerak.
Barcha turdagi noriyalarning bashmaklarida mahsulot tiqilib qolishidan saqlash datchiklari va tezligini nazorat qilish relesi nazarda tutilishi kerak.
Konveyerlarning qanday turlari mavjud?
Lentali, zanjirli, vintli (shnek) turlari mavjud.
Omborxonalar ichki transporti sifatida qanday transportlar qo'llanilishi mumkin?
Omborxonalar ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar va elektrokaralar qo'llanilishi mumkin.
Korxona hududida avtotransport vositalarining harakatlanish chizmasi qaerda ilib qo'yilgan bo'lishi zarur?
Tashkilot hududiga kirish joyida.
Ishlayotgan ishlab chiqarish sexlarda ta'mirlash ishlarini bajarishga kim tomonidan ruxsat beriladi?
Bosh muhandis, seh boshlig'i yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslarning ruxsatiga ko'ra.
Ta'mirlanayotgan jihozlarning ishga tushirish joylarida qanday yozuvli plakat ilib qo'yish zarur?
“Yoqilmasin. Odamlar ishlamoqda”.
Yangi o'rnatilgan yoki ta'mirlangan jihozlar kimning ruxsatiga ko'ra ishga tushiriladi?
Bosh muxandis.
Qanday holatlarda magnitli separatorni elektr kuchlanishga ulash man etiladi?
Yorug'lik signalizasiyasi mavjud bo'lmaganda yoki nosoz bo'lganda.
Portlash bosimini kamaytiruvchi moslamalar qaysi uskunalarga o'rnatiladi?
Filtr siklon, noriya, drobilka.
Yo'riqnomalarni qanday turlari mavjud?
Kirish, ish joyida, navbatdan tashqari.
Aspirasiya nima?
Aspirasiya seh va uskuna ichidagi maxsulotdan xosil bo'lgan changni vakum orqali ajratib oladi.
Silos bunkerlarni tozalash ishlarini boshlashdan avval qanday xujjat rasmiylashtiriladi?
Naryad- ruxsatnomasi.
Silos bunkerlarni tozalash ishlarini bajarishda necha kishi qatnashadi?
3 kishi.
Ko'chma elektr yoritqichlari necha V dan oshmasligi kerak?
Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo'lmagan ko'chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko'chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Magnit aralashmalarini ushlab qoluvchi uskunalari qanday uskunalardan oldin o'rnatiladi?
Magnit aralashmalarini ushlab qoluvchi uskunalar donni maydalash stanoklari, drobilkalar, don yuzasini changdan, engil metall magnit aralashmalaridan tozalash va don qobig'ining qoldig'idan qo'shimcha endosperma ajratish, silliqlash uskunalari, entoleytorlar va uskunalarda o'rnatilishi lozim.
Lentali kovshli noriyalarning bosh qismiga xizmat ko'rsatish maydonchasi qanday xolatda bo'ladi?
Uzatish barabanining o'qi bo'yicha poldan 1,5 m balandlikda joylashgan noriyalar bosh qismi (golovka)lariga xizmat ko'rsatish uchun, balandligi 1 m va pastdan 0,15 m balandlikdan to'liq o'ralgan tutqich va to'siqlar bilan jihozlangan maxsus maydoncha nazarda tutilishi lozim. Maydonchaga ko'tarilish uchun eni 0,7 m dan kam bo'lmagan tutqich bilan jihozlangan zinapoya o'rnatilishi kerak.
Qopli yuklar uchun konveyerlarning yon devorlar balandligi qancha bo'lishi kerak?
Qopli yuklar uchun konveyerlarning yon tomonlari barcha uzunligi bo'yicha balandligi 200 mm dan kam bo'lmagan devorlar bilan jihozlangan bo'lishi lozim.
Noriyani “To'xtatish” tugmasi qaerda joylashgan bo'ladi?
Noriyani to'xtatish uning bosh qismi(golovka) va bashmaki yonidagi “To'xtatish” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
SAVOLLAR - JAVOBLAR:
Konchilik ishlarini olib borishga ruxsatnoma olish tartibi qanaqa?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2017 yildagi 360-sonli “Er qa'ridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, kon foydalanuvchisi tomonidan kerakli xujjatlar taqdim etiladi (shu qatori, arizani ko'rib chiqish uchun eng kam ish xaqining ikki baravari miqdoridagi davlat boji to'langanligi xaqidagi kvitansiya).
Zarur bo'lgan xujjatlarni va kon foydalanuvchisi arizasi olingandan so'ng, Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi ariza kelib tushgan kundan boshlab 20 kun mobaynida ruxsatnoma berish yoki bermaslik to'g'risida xulosa chiqaradi.
Ruxsatnoma berilgan taqdirda, kon foydalanuvchisi tomonidan ruxsatnoma berilishi uchun uchun eng kam ish xaqining ikki baravari miqdoridagi davlat boji to'langanligi xaqidagi kvitansiya taqdim etiladi.
Qaysi davlat organi kon ajratish dalolatnomasini taqdim etadi?
“Er qa'ri to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, kon ajratish dalolatnomasini Davlat geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi uning loyixasini O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi bilan kelishgandan keyin taqdim etadi.
Yillik kon rivojlantirish rejasini qaysi davlat organlari bilan kelishish zarur?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 yildagi 983-sonli “Er qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, yillik kon rivojlantirish rejasi O'zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qoshidagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan (er qa'rini muhofaza qilish bo'yicha) va O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi bilan (sanoat xavfsizligi bo'yicha) kelishish zarur.
Tajriba-sanoat usulida qazish ishlarini olib borish uchun kon ajratish dalolatnomasini olish zarurmi?
Yo'q. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 yildagi 983-sonli “Er qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, tajriba-sanoat usulida qazish ishlari lisenziya asosida va 5 yil muddatgacha olib boriladi.
Muddat tugagandan so'ng va konchilik ishlarini boshlashdan oldin, kon foydalanuvchisi tomonidan kon ajratish dalolatnomasi olinishi zarur.
Korxonaning nomi o'zgargandan so'ng bundan oldin olingan kon ajratish dalolatnomasi o'z kuchida bo'ladimi?
Yo'q. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 yildagi 983-sonli “Er qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, korxonaning nomi o'zgargan xolatda, korxonaning yangi nomi uning blankasida va topografik rejasida ko'rsatilgan kon ajratish dalolatnomasi olinishi zarur.
Er qa'ridan kerakli lisenziya va kon ajratish dalolatnomasini olmasdan foydalanish mumkinmi?
Mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 yildagi 983-sonli “Er qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, er egalari va erdan foydalanuvchilar ularga berilgan er uchastkalari doirasida er qa'ridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, er osti suvlarini xo'jalik va maishiy ehtiyojlar uchun qazish maqsadida lisenziya va kon ajratish dalolatnomasi olmasdan foydalanishlari mumkin.
Shu qatori, foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo'l qo'yilmaydi.
Qaysi uchastkalarda oltin izlovchilar tomonidan qimmatbaxo metallar va toshlar qazib olishga ruxsat berilgan?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi 224-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi qaroriga asosan, oltin izlovchilar tomonidan qimmatbaxo metallarni va toshlarni qazib olish maxsus tasdiqlangan (shu qatori sochma) 1 gektardan katta bo'lmagan konlarda ruxsat beriladi.
Oltin izlovchilar tomonidan qimmatbaxo metallar va toshlar qazib olish uchun lisenziya qaysi muddatga beriladi?
Oltin izlovchilar tomonidan qimmatbaxo metallar va toshlar qazib olish uchun lisenziya “E-IJRO AUKSION” elektron auksioni tugallangandan so'ng 3 yil muddatga beriladi.
Yillik kon rivojlantirish rejasi amal qilish muddati qanaqa?
Yillik kon rivojlantirish rejasi amal qilish muddati bir yil.
Texnik loyixani kelishish amal qilish muddati qanaqa?
Texnik loyixani kelishish bir marotaba amalga oshiriladi va kon to'liq tugallanganigacha yoki korxona yopilishigacha amal qiladi.
KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR
XIChOlari kim tomonidan identifikasiya qilinadi?
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiya qilish sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanayotgan tashkilot yoki ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiyasi ularni xavfli ishlab chiqarish ob'ektlari ro'yxatga olish davlat reestriga kiritish uchun amalga oshiriladi, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiya qilinadi.
XIChOlaridagi texnik qurilmalarga xizmat ko'rsatish kimlarga ruhsat etiladi?
XIChOlaridagi texnik qurilmalarga xizmat ko'rsatish uchun, maxsus o'quv muassasalarida o'qib, imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan va guvohnomaga ega bo'lgan shaxslarga ruhsat etiladi.
Qaysi korxona va tashkilotlar XIChOlaridagi texnik qurilmalarni montaj qilish va ta'mirlash ishlarini olib borish huquqiga ega?
XIChOlarda texnik qurilmalarni o'rnatish va ta'mirlash ishlarini Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining maxsus ruxsatnomasiga ega bo'lgan yuridik shaxslar bajarishi mumkin.
Ko'p qavatli uylarda o'rnatilgan lift qurilmalarining sozligi va texnik xolatiga kim javobgar?
Ko'p qavatli uylarda o'rnatilgan lift qurilmalarining sozligi va texnik xolatiga, liftlarga texnik xizmat ko'rsatish uchun tashkilot (agar HUJMSh maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzgan bo'lsa) aks xolda shu uy HUJMSh raxbariyati tomonidan buyruq bilan tayinlangan javobgar xisoblanadi.
Kimlar liftlarni o'rnatish, ta'mirlash va foydalanishga xaqli hisoblanadi?
Liftlarni o'rnatish, ta'mirlash va foydalanishga Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan ruxsatnomaga ega bo'lgan maxsus korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Liftlarni texnik sinovdan o'tkazishga kimlarni xaqli hisoblanadi?
Liftlarni texnik sinovdan o'tkazishga Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan ruxsatnomaga ega bo'lgan maxsus korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobillarga gaz ballonlarini o'rnatishga va ularni texnik shaxodat sinovidan o'tkazishga kimlar xaqli?
Avtomobillarga gaz ballonlarini o'rnatishga va texnik shaxodat sinovidan o'tkazishga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 326-sonli qaroriga asosan, belgilangan tartibda “O'zstandart” Agentligi tomonidan akkreditasiyadan o'tgan, YXHBB va Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan tegishli ruxsatnomaga ega tashkilotlar xaqli.
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida o'rnatilgan, o'z xizmat muddatini o'tab bo'lgan texnik qurilmalarni keyinchalik ishlatishga qanday xujjat talab etiladi?
O'z xizmat muddatini o'tab bo'lgan texnik qurilmalarni keyinchalik ishlatish uchun O'zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 784-sonli qaroriga asosan akkreditasiyadan o'tgan maxsus tashkilot tomonidan berilgan ijobiy ekspert xulosasiga asosan ishlatish mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida o'rnatilgan texnik qurilmalarga kimlar xizmat ko'rsatishi mumkin?
O'zbekiston Respublikasi Mexnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan 272-sonli Namunaviy yo'riqnoma talabiga asosan belgilangan tartibda maxsus kurslarda yo'nalish bo'yicha o'qib tegishli xujjatlarga ega bo'lgan xodimlar xizmat ko'rsatishi mumkin.
Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida o'rnatilgan texnik qurilmalarni ro'yxatga olish talabi qaysi xujjatda aks ettirilgan?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 1 fevralda 75-son bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi to'g'risida”gi nizomning 3 bobida keltirilishicha Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining funksiyalaridan biri bu xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida o'rnatilgan texnik qurilmalarni ro'yxatga olish.
Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi Neft va gaz sohasida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan neft mahsulotlari ombori xo'jaligining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo'yicha lisenziya talabgoriga qo'yiladigan minimal talablar qanday?
Neft mahsulotlari omborida xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida sanoat xavfsizligi to'g'risidagi qonuni va qonun osti xujjatlari (qoida va yo'riqnomalar) talablarining bajarilishi;
Neft mahsulotlari omborlarida ish faoliyati uchun zarur bo'lgan me'yoriy texnik xujjatlarning mavjudligi;
Sig'im pasportlarining mavjudligi va to'g'ri yuritilishi;
Sig'imlarga tozalash jadvallari tuzilganligi va ularni tozalanganligi bo'yicha tuzilgan dalolatnomalarning mavjudligi;
Nazorat tizimi tomonidan sig'imlarning devor qalinligiga putur etkazilmaganligini tekshirilganlik to'g'risida xulosaning mavjudligi;
Neft mahsulotlari ombori nafas olish klapanlari, yashin qaytargich va erlashtirish moslamalari bilan jixozlanganligi hamda ularning sinovdan o'tkazilganligi to'g'risidagi bayonnomalarining mavjudligi;
Neft mahsulotlari omborida faoliyat olib boruvchi muxandis va ishchi xodimlarning sanoat xavfsizligi talablari bo'yicha o'qitilganligi, bilim saviyalarini tekshirilganligi;
Neft mahsulotlari omborida ishchi-xodimlarning maxsus kiyim-bosh va yakka tartibda ximoyalanish vositalari bilan ta'minlanganligi;
Neft mahsulotlari omborida avariya holatlarini bartaraf etish rejasini mavjudligi va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi.
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari orqali sotish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi neft va gaz sohasida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan qo'yiladigan minimal talablar.
AYoQSh pasporti mavjudligi;
AYoQShdagi mavjud qurilmalar sozligini muntazam nazorat qilish bo'yicha jurnallar yuritilishi;
AYoQSh operatorlar xonasida yo'riqnomalar, qoidalar mavjudligi;
AYoQSh da texnika xavfsizligi buyicha jurnallar yuritilishi;
AYoQShdagi mavjud sig'imlarning pasporti mavjudligi;
Sig'imlarning tozalash bo'yicha jadvali va tozalanganlik bo'yicha dalolatnomalari mavjudligi;
AYoQShda ogoxlantiruvchi va ta'qiqlovchi belgilar, ko'rgazmali targ'ibot vositalari bilan jixozlanganligi;
AYoQSh ishchi xodimlarning maxsus kurslarda o'qiganligi, texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasiga oid bilimlarining tekshiruvdan o'tganligi va tegishli guvohnomasi mavjudligi;
AYoQShda tezkor aloqa vositasi va ovoz kuchaytirgichlar bilan ta'minlanganligi;
Sig'im qoidalarda ko'rsatilgan jixozlar bilan to'liq ta'minlanganligi, ularning germetikligi, shuningdek quyish va o'lchash qurilmalari, quyish quvurlari qopqoqlarinnig zich yopilganligini ta'minlanganligi;
AYoQShdagi mavjud yashin qaytargich va mahsulot tarqatish ustunlari, elektr qurilmalari jixozlarini erlashtirish moslamalarini tekshirilganligi to'g'risida bayonnomalarining mavjudligi;
Nazorat tizimi tomonidan sig'imlarning devor qalinligiga putur etkazilmaganligini tekshirilganlik to'g'risida xulosaning mavjudligi;
Ishchi–xodimlarning maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va yakka tartibda ximoyalanish vositalari bilan ta'minlanganliklari;
AYoQShda sanoat xavfsizligi talablari bajarilganligi;
Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan avariyalarni bartaraf qilish rejasi tuzilganligi.
Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun avtoyonilg'ikash sig'imlarining yaroqliligi to'g'risidagi xulosani olish uchun talab qilinadigan xujjatlar:
Sig'im pasporti;
Sig'imning muvofiqlik sertifikati;
Avtomobil transportida xavfli yuklarni tashish uchun avtotransportdan xavfsiz foydalanishga javobgar shaxs tayinlanganligi bo'yicha buyruq nusxasi;
Avtotransport xaydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat beruvchi guvoxnomasi mavjudligi;
Javobgar shaxs va avtotransport xaydovchisining sanoat xavfsizligi talablari bo'yicha bilimlari tekshirilganligi to'g'risida bayonnoma.
Sig'imga o'rnatilgan kran va zadvijkalarning reviziya qilinganligi bo'yicha ma'lumotnomasi;
Xavfli yuklarni tashishga mo'ljallangan avtotransportlardan xavfsiz foydalanish bo'yicha yo'riqnomalari;
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo'yicha xulosasi (yaroqlilik muddati tugagan sig'imlar uchun).
Gaz taqsimlash shaxobchalarida (GRS) qurilgan sanoat tarmog'ini ishga qabul qilish bo'yicha qo'yiladigan minimal talablar.
“O'ztransgaz” AJ tomonidan berilgan texnik shart mavjudligi;
Qurilishi mo'ljallangan gaz tarmog'i loyixasi;
Gaz tarmog'i loyixa xujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o'tganligi xaqida ekspert tashkiloti xulosasi;
Sanoat gaz tarmog'ini montaj va qurilish ishlarini amalga oshirgan tashkilotning ishlarni bajarish uchun ruxsatnomasi yoki lisenziyasi mavjudligi;
Sanoat tarmog'iga o'rnatilgan qurilmalar pasportlari;
Sanoat tarmog'iga o'rnatilgan qurilmalar sertifikatlari;
Gaz quvuri sertifikatlari;
Gaz sanoat tarmog'i va undagi o'rnatilgan qurilmalarni erlashtirilganligi hamda erlashtirilganligini tekshirilganligi to'g'risida bayonnoma;
Gaz tarmog'iga elektrkimyoviy ximoya o'rnatilganligi va tekshirilganligi to'g'risida bayonnoma;
Gaz tarmog'iga ulangan odorant sig'imining pasporti;
Odorant sig'imining devor qalinligiga putur etkazilmaganligini tekshirilganligi to'g'risida xulosa;
Gaz tarmog'i va unga o'rnatilgan qurilmalarning gidrosinov xulosasi va gidrosinov o'tkazish tartibi, qoidalari;
Sanoat tarmog'i shaxar qurilish meьyorlari (ShNK) va gaz taqsimlash shaxobchalaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga mosligi xam talab etiladi.
Neft va gaz quduqlarini tugatishga berish dalolatnomalarini kelishi to'g'risida xulosa
a) yuqori turuvchi tashkilotning quduqni tugatish to'g'risidagi qarori;
b) er qa'rini himoya qilish sharlari bo'yicha talablarga rioya qilingan holda, tugatish-ajratish ishlarini amalga oshirish rejasi;
v) tugatish ishlari bajarilganligi to'g'risida dalolatnoma;
g) quduqning haqiqiy narxi haqida ma'lumotnoma;
d) quduqni tugatishga asos;
e) quduqni o'rganish dalolatnomasi;
j) quduq joylashgan hudud struktur kartasidan kopiya;
z) quduqdan xalq xo'jaligi ehtiyojlarida foydalanib bo'lmasligini yoki maqsadga muvofiq emasligi to'g'risida ma'lumotnoma;
i) quduqqa tushirilgan kolonnalarning germetikligi to'g'risida dalolatnoma;
k) oltingugurtli vodorod yoki boshqa zaharli qo'shimchalar bo'lgan neft va gaz qatlamlariga, ularni ushlab turuvchi moddalar haydalganiligi to'g'risida dalolatnoma.
KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR
1. Qaysi hujjatga asosan avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasini ishlab chiqiladi?
“Kimyoviy-texnologik ob'ektlarda avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasini ishlab chiqish tartibi to'g'risida” uslubiy ko'rsatmalar asosida ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob'ekti xodimlariga qo'yiladigan sanoat xavfsizligi talablari? (ZRU №57, 28.09.2006y, 10-modda)
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektining xodimlari:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun xujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko'rsatilgan talablarga rioya etishlari;
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestasiyadan o'tishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob'ektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to'xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob'ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo'l qo'ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo'yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiyalash qanday? (ZRU №57, 28.09.2006y, 5-modda)
Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiyalash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasini qurib chiqish muddati qanday?(“Kimyoviy-texnologik ob'ektlarda avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasini ishlab chiqish tartibi to'g'risida”( AVTChBER) uslubiy ko'rsatmalar, 11-bandi)
AVTChBER 5 yilda kamida 1 marta ko'rib chiqiladi va texnologiyada o'zgarishlar bo'lganda, texnologik jarayonlarni apparatura bilan va metrologik ta'minlashda, shuningdek avariyadan keyin unga aniqliklar kiritiladi.
Qaysi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi? (Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori, 3- bo'lim 1-bandi)
- bir vaqtning o'zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan salomatlikka etkazilgan zararning ohirligi darajasidan qat'i nazar yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
- o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
- oqibati og'ir baxtsiz hodisalar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasidan nimalar o'tadi? (ZRU №57, 28.09.2006y, 15-modda)
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o'tkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish ob'ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservasiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish ob'ektida qo'llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish ob'ektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklarasiyasi va xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish bilan bog'liq boshqa hujjatlar.
Kislota va sheloch tashuvchi quvurlarda qanday belgilari bo'lishi kerak? (“Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari”XQ 13-65-09, 49-bandi.)
Quvurlarda GOST 14202 talablariga muvofiq tanitish bo'yog'i, ogohlantiruvchi belgilar va tamg'alash shitlari bo'lishi kerak.
Kislorodli texnik qurilmalarga xizmat ko'rsatadigan xodimlarning maxsus kiyimi, poyabzali va qo'lqoplari qo'yilgan talablar? ("Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari" XK 13-52-09, 260-bandi.)
Kislorodli texnik qurilmalarga xizmat ko'rsatadigan xodimlarning maxsus kiyimi, poyabzali va qo'lqoplari toza bo'lishi va ularda moy dog'lari bo'lmasligi kerak.
Atrofdagi havo tarkibida kislorod miqdori yuqori bo'lgan joylarda bajariladigan ishlar tugagandan so'ng 30 minut mobaynida olovga, qizib turgan predmetlarga yaqinlashish yoki chekish taqiqlanadi.
Ushbu ishlarni bajarish paytida foydalanilgan kiyim ko'rsatilgan vaqt mobaynida shamollatilishi kerak.
Kislota va ishqorlar uchun ishlatiladigan texnologik uskunalar va quvirlarga qanday material ishlatiladi? (Neorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarishda xavfsizlik koidalari. PB-13-65-09 33-bandi).
Kislota va ishkorlar utuvchi trubalar texnologik uskunalar uchun ishchi muxitga zararsiz, korroziyaga chidamliligini ta'minlovchi materiallar ishlatiladi. Kuvur utkazgichlarga uglerodli pulatdan choksiz kuvurlardan foydalaniladi.
Flans birikmalar minimal bulish kerak:
Flanesli birikmalarda ximoya kurilmalari, koplamalar va boshkalar bulishi kerak. Bularning barchasi agressiv suyukliklarning ta'siriga, atrof ta'siriga chidamli materiallardan tayyorlanadi.
Ba'zi xolatlarda agar asoslab berilsa metalmas materiallardan kuvur utkazgich prokladkalarga ishlatish mumkin.
Ammiakli sovutish tizimlarining idish va qurilmalari nima bilan jixozlangan bo'lishi kerak? (“Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”, 111-bandi).
Sovutish tizimlarining idish va qurilmalari yoqish-o'chirish qurilmasiga ega bo'lgan ikkala klapanning bir vaqtning o'zida yopilib qolishining oldini oladigan ikkita himoya klapanlari bilan jihozlanishi lozim.
Har bir klapan to'liq o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Idishning geometrik hajmi 0,3 m3dan ortiq bo'lmasa, ularni bitta himoya klapani bilan jihozlashga yo'l qo'yiladi.