2022 yil 1 chorak

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil I-chorak davomida olib borilgan nazorat-profilaktika ishlari yakunlari boʻyicha

HISOBOT

Sanoat havfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qilib, Davlat qoʻmitasi boshligʻi tasdiqlagan ish reja va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq bir qator ishlarni amalga oshirdi.

Hisobot davrida Sanoat havfsizligi davlat qoʻmitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda 863 ta davlat nazorati, 2 111 ta nazorat-profilaktika ishlari oʻtkazilib,
13 145 ta sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yer osti boyliklaridan foydalanish va qoida buzilishlar aniqlandi 9 ta korxonada ishlar vaqtincha toʻxtatib qoʻyildi. 660 ta injener-texnik va rahbar xodimlarga 518 130 000 jarima solindi. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 14 ta baxtsiz xodisalarga yoʻl qoʻyilib, bulardan 4 tasi oʻlim bilan tugagan. (2021-yil xisobot davrida umumiy 18 ta va oʻlim bilan 3 ta).

 

Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻlimi

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya (qayta akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) qilish boʻyicha:

Joriy yil fevral va mart oylarida 4ta tashkilot “KOMPLEKS-SANOAT-SERVIS” MCHJ, “MAQSAD-EKSPERTIZA” MCHJ, “DELTA PROM EKSPERTIZA” MCHJ va “NEFTGAZKIPAVTOMATIKA” MCHJ korxonalari tomonidan ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiyadan, 1ta ekspert tashkiloti “ARXITEKTURA QURILISH DIZAYN VA TAHLIL” MCHJ tomonidan esa sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkiloti sifatida qayta akkreditatsiyadan hamda 1ta ekspert tashkiloti “OʻZLITINEFTGAZ” AJ tomonidan akkreditatsiya sohasini kengaytirish uchun arizalar kelib tushgan. Hozirda bulardan:

“KOMPLEKS-SANOAT-SERVIS” MCHJ tomonidan akkreditatsiyadan oʻtish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, joyiga borib baholash ishlari amalga oshirildi hamda Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish uchun olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar koʻrib chiqilmoqda.

“MAQSAD-EKSPERTIZA” MCHJ, “DELTA PROM EKSPERTIZA” MCHJ, “NEFTGAZKIPAVTOMATIKA” MCHJ, “ARXITEKTURA QURILISH DIZAYN VA TAHLIL” MCHJ va “OʻZLITINEFTGAZ” AJ tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlari yuzasidan tegishli maʼlumotnomalar va Akkreditatsiya qilish uchun arizani ijro etish haqida qarorlar rasmiylashtirilib, hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilmoqda.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha:

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert maqomiga ega boʻlmoqchi boʻlgan 14ta talabgor ariza bilan murojaat etgan boʻlib, ular tomonidan topshirilgan arizalariga ilova qilingan hujjatlari koʻrib chiqildi hamda 2021-yil ariza bilan murojaat etgan talabgorlar, shuningdek, oldingi malaka imtihonidan oʻta olmaganlar bilan birgalikda talabgorlar roʻyxati shakllantirilib, malaka imtihoni joriy yil 9-10 va 16-17-fevral kunlari oʻtkazildi. Malaka imtihonidan oʻtgan jami 41ta talabgorga ekspert guvohnomalari berildi.

Sanoat xavfsizligi ekspertiza hulosalarini hisobga olish boʻyicha:

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari tomonidan jami 1151ta ekspertiza hulosalari Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻlimiga oʻrnatilgan tartibda hisobini yuritish uchun taqdim etilgan boʻlib, bulardan 222ta xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari, 635ta xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari, 11ta xavfli ishlab chikarish obyektlarinining deklaratsiya xujjatlari va 283ta xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha ekspertiza xulosalari hisobga olingan.

“Sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasini yoki sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini yolgʻon yoki notoʻgʻri tuzish” bilan bogʻliq maʼmuriy javobgarligini belgilash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan xorijiy davlatlar qonunchiligini oʻrganilib, qonun loyihasini ishlab chiqildi. Qonun loyihasini yuridik boʻlim bilan birgalikda   koʻrib chiqildi.  Hozirda Qonun loyihasi kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga “project.gov.uz” tizimi orqali kiritishga tayyorlanmoqda.

 

Reestrlar va texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar kadastrini yuritish boʻlimi

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan  ishlab chiqarish obyektlarida, portlash-yongʻin chiqishi va radiatsiya xavfi mavjud boʻlgan obyektlarda avariya hollari sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yuqori xavfli zonalar respublika miqyosida yalpi xatlovdan oʻtkazilgan 2273ta obyekt maʼlumotlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek,  Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar (TXYUZ) davlat kadastri yurituvchi barcha vazirlik va idoralar Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan xato va kamchiligi tufayli qaytarilib yuborilgan maʼlumotlarni kamchiliklarini oʻrnatilgan tartibda bartaraf etish ishlari, respublika boʻyicha yalpi xatlovdan tushib qolgan obyektlarni aniqlash, maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilash ishlari hamda obyektlar maʼlumotlarini davlat tilida shakllantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-sonli qarorining 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq 15 ta obyektlarning Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar kadastr pasporti ishlab chiqildi hamda davlat roʻyxatdan oʻtkazildi.

2022-yilning I choragida 4 dona xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlarning Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi belgilangan tartibda roʻyxatga olindi.

Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan beriladigan ruxsatnomalar reestrini tizimli ravishda yuritib, maʼlumotlarini ruxsatnomalarni qayd qilish kitobiga kiritib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-sonli qarorining
5-ilovasiga asosan qoʻmita tomonidan berilgan ruxsatnomalar 875 donani tashkil qildi.

 

Radiatsiya va yadro havfsizligi departamenti

  1. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda radiatsiya va yadro xavfsizligiga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:

Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tomonidan 2022-yil 1-chorak davomida oʻrnatilgan tartibda 9 ta tekshiruv, 112 ta nazorat profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, ular natijasida 250 ta radiatsiya va yadro xavfsizligi talablari buzilganligi aniqlandi, 11 ta xodim jarimaga tortilib  4 536 000 soʻm jarima undirildi.

2022-yil 1-chorak davomida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tomonidan 10 ta litsenziya rasmiylashtirildi. Jumladan, "LI NAC SERVICE" MCHJ QK, “NAVOIYURAN” Davlat korxonasi va “NEW LIFE MEDICAL” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga litsenziyalar qayta rasmiylashtirib berildi. "QURILISHDA MUHANDISLIK QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT, SHAHARSOZLIK KADASTRI LOYIHA ILMIY-TEKSHIRISH INSTITUTI" Masʼuliyati cheklangan jamiyati, “Falk Porsche Fiberglass” Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi, “NOZOMI MEDICAL” Masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Schlumberger Oilfield Central Asia” Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi  “TECHNO VIDA” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “GERMES TEKS” xususiy korxonasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Aksiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasiga yangi litsenziyalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 1-chorak davomida davomida 48 ta ariza kelib tushgan. Shunga koʻra 44 ta ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar rasmiylashtirildi shundan 1 tasi bekor qilindi, 2 ta ariza koʻrib chiqilmoqda.

Radioaktiv chiqindilarni aholiga va atrof muhitga zararli taʼsirini bartaraf qilish, hamda ularning oʻz vaqtida koʻmilishini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda 62 dona ishlatilmayotgan radioaktiv ifloslangan elementlar “Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti” davlat unitar korxonasi (“RRCHKP” DUK) tomonidan koʻmilishi taʼminlandi.

II.Oʻtkazilgan seminarlar, uchrashuvlar

2022-yil 1- choragida oʻtkazilgan seminarlar qoʻyidagicha: 10-18-yanvar kunlari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan “Strengthening the Regulatory Infrastructure for Radiation Safety” (radiatsiya xavfsizligi uchun normativ infratuzilmasini mustahkamlash) mavzusida onlayn tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirning maqsadi mintaqadagi radiatsiya xavfsizligini nazorat qiluvchi organlarga xavfsizlik madaniyatini oʻz-oʻzini baholash metodologiyasini tushuntirish va amalga oshirishga yordam berishdan iborat boʻldi. Mazkur tadbirda MAGATE tomonidan radiatsiya xavfsizligi uchun normativ infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha bilim va maʼlumotlar berildi.

Joriy yilning 8-9-fevral kunlari Belarus Respublikasi atom energetikasini tartibga solish organi “Gosatomnadzor” tomonidan "Yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solish faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish" mavzusiga bagʻishlangan onlayn tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirning maqsadi – yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solish faoliyatini (nazorat, litsenziyalash, xavfsizlikni baholash, kadrlar tayyorlash) texnik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishning holati va rivojlanish istiqbollari sohasidagi mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirishdan iborat.

Tadbirda: Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Ukraina, Vengriya va boshqa mamlakatlarda tartibga solish faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlashning hozirgi holati;

yadro energetikasining zamonaviy rivojlanishini hisobga olgan holda Belorusiya Respublikasida yadro xavfsizligi sohasida Texnik koʻmakni tashkil etishni tartibga solish faoliyatini rivojlantirish istiqbollari;

tartibga solish faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish;

Texnik koʻmak tashkilotlariga texnik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish uchun Yevropa tarmogʻining talablari (ETSON) toʻgʻrsida tegishli maʼlumotlar tinglandi.

2022-yil 21-25-mart kunlari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan “Workshop on Preparedness and Response for a Nuclear or Radiological Emergency Involving the Transport of Radioactive Material” (radioaktiv moddalarni tashish bilan bogʻliq yadroviy yoki radiologik Favqulodda vaziyatga tayyorgarlik va javob berish) mavzusida onlayn tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirning maqsadi radioaktiv materiallarni tashish vaqtida yadroviy yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda tayyorgarlik va harakat qilishni taʼminlash boʻyicha mutaxassislarga bilim va koʻnikmalar berishdan iborat boʻldi. Mazkur tadbirda MAGATE tomonidan radioaktiv materiallarni tashish vaqtida yadroviy yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda tayyorgarlik va harakat qilishni taʼminlash boʻyicha boʻyicha bilim va maʼlumotlar berildi.javob xati yuborildi.

III . Qonunchilikni rivojlantirish yuzasidan

  1. Qabul qilingan hujjatlar
  2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-son “Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
  3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 76-son “Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holatiga oid axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
  4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-martdagi 141-son “Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
  5. Ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjat.

2021-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida va 2021-yil 19-noyabrda Moskva shahrida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasidagi yadroviy avariya xaqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish toʻgʻrisida”gi bitimni tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi (Qoʻmitaning 15.03.2022-yildagi 01/03-682 sonli xati, ID- 55936).

  1. Muammoli masalalar

Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish uchun yuqori malakali kadrlar zarur boʻlib, ularni tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.

Oylik maosh kamligi sababli Radiatsiya va yadro xavfsizligi deratamentini malakali xodimlar bilan taʼminlash borasidagi ishlar hamda zarur moliyaviy taʼminot mavjud emasligi sababli xodimlarni chet davlatlarda malaka oshirishini tashkillashtirish toʻliq amalga oshirilmay kelinmoqda.

Hisobot davrida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan rejalar boʻyicha va rejadan tashqari noqonuniy tekshiruvlar oʻtkazilmadi.

 

Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 25-sentyabrdagi PQ-3286-sonli “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3476-sonli “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-sonli “Ichki bozorni qumshagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 26-noyabrdagi PQ-4030-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-sonli “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli “Tadbirkorlik subyektlarinig huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli “Yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 15-avgustdagi 225-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2017-yil 6-iyundagi 360-sonli “Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-tamoillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2005-yil 30-iyundagi
152-sonli “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2002-yil 26-apreldagi 145-sonli “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil
2-oktyabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-tamoillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 2-oktyabrdagi 784-sonli “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza hulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2019-yil 1-fevraldagi
75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari va 2019-yil 16-martdagi 224-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlari, 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” va 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda boshqa qonunlar, farmonlar, qarorlar, qonun-osti xujjatlar, normativ-xuquqiy va normativ-texnik xujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xujjatlar talablarini bajarishi, hamda sanoat xavfsizligi, konchilik ishlarini bexatar olib borish va yer osti boyliklaridan bexatar foydalanish talablarini bajarilishini taʼminlash maqsadida olib boradi.

2022-yil 1-choragi davomida Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan 2435 ta nazorat osti xavfli ishlab chiqarish obyektlarda (1580 ta korxona va tashkilotlarda) 361 marotaba davlat nazorati amalga oshirildi.

Shu bilan birgalikda, Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun va qonun osti hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida 283 ta bevosita joyga chiqgan holda nazorat profilaktika tadbirlari, 9 ta seminarlar va 145 ta xujjatlarni kameral koʻrikdan oʻtqazish ishlari amalga oshirildi.

Davlat nazorati va nazorat profilaktika yakunlari boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda belgilangan jami 4471 qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi.

Aniqlangan qonunchilik talablari buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan 209 ta yozma koʻrsatmalar va profilaktika asosida 283 ta maʼlumotnomalar berildi, hamda qonunchilik talablari buzilishlariga yoʻl qoʻygan 173 ta mansabdor shaxslarga nisbatan 141.750.000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi va 70.595.000 soʻm miqdorida jarima undirildi (2021-yilning shu davrida 173 ta muhandis texnik xodimlarga nisbatan 113.265.000 soʻm miqdorida jarima solingan edi).

Nazorat ostidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi, konchilik ishlarini bexatar olib borish va yer qaʼridan bexatar foydalanish soxalari talablari buzilishi tufayli, 4 ta obyektlarda ishlar toʻxtatib qoʻyildi.

2022-yil 1-choragi davomida ishlab chiqarish jarohatlanishlarining umumiy darajasi va oʻtkazilgan tekshirishlar soni 2021-yil xolati bilan taqqoslanishi quyidagicha:

 

 

2021-yil
1-choragi

2022-yil
1-choragi

Sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar soni, shulardan:

10

5

- yengil tan jarohati olgan

2

3

- ogʻir tan jarohati olgan

6

0

- oqibati oʻlim bilan tugagan

2

1

- guruxiy baxtsiz xodisalar

0

1

Oʻtkazilgan davlat nazorati soni

353

361

Oʻtkazilgan nazorat-profilaktika ishlari soni

1027

 

437

Qonunchilik  talablari buzilganligi aniqlangan soni

4197

4471

Toʻxtatib qoʻyilgan ishlar soni

10

4

Maʼmuriy xuquqbuzarlik qoʻllanilgan mansabdor shaxslarning soni

173

173

Jarima miqdori (soʻm)

113.265.000

141.750.000

 

2022-yil 1-choragi davomida 5 ta baxstiz xodisalar sodir boʻlgan:

 “Olmaliq KMK” AJ da – jami 5 ta baxtsiz xodisaga yoʻl qoʻyilib, 3 ta yengil, 0 ta ogʻir, 1 ta oqibati oʻlim bilan tugagan va 1 ta guruxiy baxtsiz xodisa.

Oqibati ogʻir, oʻlim bilan tugagan va guruxiy baxtsiz hodisalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga muvofiq maxsus tekshirishlar oʻtkazilib, tekshiruv natijalari yuzasidan huquqni muxofaza qiluvchi organlarga hujjatlar topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentyabrdagi PQ-3286-sonli “Sub obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 21-dekabrdagi 125-sonli farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qaror va farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha tizimlik nazorat oʻrnatilgan, shu qatori kunning kechki paytida daryo oʻzanlaridan va foydali qazilmalar konlaridan noqonuniy qazishlar holatlarini oldini olish yuzasidan reydlar oʻtqazilmoqda.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshligʻi X.T. Maysupov joriy yil 24-yanvardan 28-yanvarga qadar “Shargʻunkoʻmir” AJ korxonasini rivojlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida, Turkiya Respublikasi Soma shaxrida joylashgan “Polyak, Underground Lignite Mine” va “Imbat Mining And Energy Corporation” yer osti usulida koʻmir qazib olish kompaniyalarida qoʻllanilayotgan mashina va mexanizmlarni “Shargʻunkoʻmir” AJ korxonasining texnologik jarayoniga joriy etish uchun bevosita joyiga borib oʻrganish yuzasidan tashkil etilayotgan ishchi guruhda ishtirok etishi maqsadida Turkiya Respublikasi Soma shahriga xizmat safariga borib keldilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi J. Mirzamahmudovning 2022-yil 14-yanvardagi 11-130-sonli xatinga muvofiq, Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari  “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ togʻ-kon majmuasi 5-panelidagi holatni oʻrganish, panelda ruda qazish ishlarini davom ettirish yoki zahiralarni vaqtinchalik noaktiv zahiraga oʻtkazish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha taklif tayyorlashda ishtirok etishdi.

2022-yil 28-yanvar kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida “Dexqonobod kaliy zavodi” AJ Togʻ-kon majmuasi 5-sonli panelida transport konveyr lentasi ustiga uzunligi 15 m, eni 2 m va qalinligi
0,8 m, umumiy xajmi 24  boʻlgan kon jinsi lahm shiftidan oʻpirilib tushishi va buning oqibatida
5-sonli panelda avariyaviy holat sodir boʻlishini oldini olish maqsadida, Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshligʻi X.T. Maysupov, inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari
O.B. Yangiyev va inspeksiya bosh mutaxassisi A.Sh. Xaqqulov joriy yil 7-fevraldan 9-fevralga kadar  Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan “Dexkonobod kaliy zavodi” AJga 5-sonli panelida transport konveyr lentasi ustiga uzunligi 15 m, eni 2 m va qalinligi 0,8 m, umumiy xajmi 24  boʻlgan kon jinsi lahm shiftidan oʻpirilib tushishi holatini oʻrganish va buning oqibatida 5-sonli panelda avariyaviy holat sodir boʻlishini oldini olish maqsadida xizmat safariga yubilgan va bevosita joyda tegishli koʻrsatmalar bergan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-sonli ““Shargʻunkoʻmir” UKni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan “Shargʻunkoʻmir” AJning loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish hamda Xitoy Halk Respublikasi Eskimbanki mablagʻlari hisobidan obyektni buyurtmachiga tayyor holda topshirish sharti asosida “CHINA RAILWAY TUNNEL GROUP Co. LTD” va “CHINA COAL TECHNOLOGY ENGINEERING GROUP Corp.” kompaniyalari konsorsiumi bilan qiymati 94,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan shartnomaga asosan togʻ-kon uskunalari keltirilib, joriy yilning 1-noyabridan kon lahmlariga montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tasdiqlangan texnik loyihasiga asosan togʻ-kon uskunalarining umumiy quvvati 11578 kVtni tashqil etadi, oʻrnatilayotgan majmuani sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish uchun hozirda ishlab turgan quvvati 4100 kVA “Olchazor” 35/6 kV podstansiyasining quvvati yetmasligi hamda I-turkumli elektr isteʼmolchilari talablariga javob bermasligini maʼlum qilamiz.

Shargʻunkoʻmir konlarini talab etilgan quvvati bilan taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari            Z. Nizomiddinov tomonidan 2020-yil
10-noyabrda oʻtkazilgan yigʻilishning 8 bayoni, 104 bandida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga oʻz mablagʻlari hisobidan “Shargʻun” 110/35/10 kVli podstansiyasidan 10-sonli shtollnya hududigacha
110 kVli, 12,3 km uzunlikdagi ikki zanjirli havo uzatish yoʻli va shu hududda 110/6 kVli podstansiya qurilishi ishlarini tezlashtirish topshirilgan.

Biroq, hozirgi kungacha qurilish ishlari boshlanmagan va buning oqibatida shamollatish tizimi va suv nasoslari ishlamasligi va yer yuzasidan 4000 metr masofada kon lahmlarida metan gazi meyoridan ortib ketishi tufali sizot suvlarning satxi koʻtarilishi va togʻ-kon uskunalari suv ostida qolib ketishi, portlash xavfi va ishchilarning xayotlari va sogʻliqlariga  xavf paydo boʻlmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan tegishli xat loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, qoʻmita rahbariyati tomonidan imzolangan xatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-sonli qarori ijrosini sifatli taʼminlanishi maqsadida, “Shargʻun” 110/35/10 kVli podstansiyasidan 10-sonli shtollnya hududigacha 110 kVli, 12,3 km uzunlikdagi ikki zanjirli havo uzatish yoʻli va shu hududda 110/6 kVli podstansiya qurilishi yuzasidan topshiriq berishingizni soʻralgan.

2022-yil 16-fevral kuni Qoʻshrabot tuman IIB TEQKG va JQB tezkor vakillari hamda tuman
IIB 1-son IIB xodimlari tomonidan Qoʻshrabot tumani “Zarmitan” hududiida portlovchi moddalar va portlatuvchi vositalar savdosi boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslardan noqonuniy portlovchi materiallarning savdosi boʻyicha shugʻullanayotgan vaqtida, ulardan 2 dona “SAYANIT-P” rusumli portlovchi modda (1,2 kg) va 24 dona ED rusumli portlatish vositalari topilgan va daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan. “Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻriyidagi yoʻriqnoma”ga asosan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatni tekshirish yuzasidan maxsus komissiya tashkil etilgan va tekshirish ishlari amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” va 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-sonli “Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori va 2018-yil 2-oktyabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan tegishli taqqoslash jadvallari hamda litsenziya va ruhsat etish hususiyatiga ega hujjatlarning pasportlari ishlab chiqilgan boʻlib joriy yil 7-mart kuni Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Yuridik boʻlimiga tegishli Vazirlar Mahkamasining qarorini ishlab chiqish uchun taqdim etilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan portlovchi materiallarni ishlab chiqish va saqlash joylari oʻta muhim va toifalangan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, jumladan portlovchi materiallarni saqlash joylari, ularning sigʻimi va boshqa maʼlumotlar foydalanilishi cheklangan xisoblanadi hamda ularni oʻrganish uchun mahsus ruxsat (dopusk) boʻlishi majburiy deb belgilab oʻtilgan.

Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunining 25 moddasi 2 xatboshiga muvofiq Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi arizalar vakolatli organlar tomonidan qabul qilinishi va bevosita ularga berilishi mumkinligi hamda 28 moddasi 1 xatboshiga muvofiq litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshirilishi, bundan davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno ekanligi belgilab oʻtilganligini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 10 bandiga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʻliq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, bundan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidan foydalangan holda beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tartib-taomillar mustasno ekanligi belgilab oʻtilganligini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
6-iyundagi 360-sonli “Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining 2-ilovasiga muvofiq portlovchi materiallarning aylanishi sohasidagi ruhsat etish hususiyatiga ega hujjatlarni “litsenziya” tizimi bilan emas, balki Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan anʼanaviy tarzda bevosita taqdim etilishini belgilovchi qonunchilikga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xaqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun joriy yil 25-mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi project.gov.uzga kiritilgan.

“Navoiyuran” DKning 2022-yil 26-yanvardagi 298-sonli xatiga muvofiq “Navoiyuran” DK boshqarmasining rahbarlari va bosh mutaxassislari, boʻlim va xizmat boshliqlaridan tashkil topgan doimiy komissiya aʼzolarini bilim sinovlari Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tekshirildi.

Joriy yil fevral oyida Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan sotib olingan 20 tonnagacha boʻlgan yuk koʻtarish quvvatiga ega HANFO rusumdagi aralashtirib-zaryadlovchi mashinasi (shassisi Scania kompaniyasi №YSP6X40005641558, TRADESTAR uskuna raqamlari X919136-08 va X919136-07) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning karyerlarida portlatish ishlarini olib borish jarayonida portlovchi moddalarning sinovli partiyalarini aralashtirib-zaryadlovchi mashinasini sinovdan oʻtkazilishiga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-122-son “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash maqsadida, Burgʻulash va portlatish ishlari xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis (Tadjiyev) Oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq, uloqtiruvchi va boshqa qurol, uning oʻq-dorilarini, maxsus vositalarni, oʻq oʻtkazmaydigan maxsus himoya vositalarini, elektroshok qurilmalari, pirotexnika buyumlari va portlovchi materiallarning texnik xususiyatlarini va chegaraviy parametrlarini belgilovchi xususiyatlarini va chegaraviy parametrlarini belgilovchi texnik reglamentni ishlab chiqish uchun tashkil etilayotgan ishchi guruh tarkibida ishtirok etmoqda.

Joriy yil fevral oyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” “Qizil-olma” konining “Samarchuk” uchastkasida yer osti konini qurish” investitsiya loyihasi yakuni boʻyicha qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish maqsadida tashkil etilayotgan Davlat qabul komissiyasida Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi va Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi tomonidan ishtirok etildi.

Joriy yil fevral oyida Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ ga “Almanit” rusumli patronli portlovchi moddani va emulsion portlovchi moddalarni ishlab chiqish boʻyicha texnologik qurilmalar hamda va 16 dona KamAZ-6522, KamAZ-6520 rusumli avtomashinalar shassisiga oʻrnatilgan MSZU-15NP-014 markadagi hamda
1 dona Peterbilt-357 va 2 dona Peterbilt-367 aralashtirish-zaryadlash mashinalarini doimiy qoʻllashiga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2022-yil 15-martdagi 04-04/1-464-sonli xati bilan “Oʻzbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi”ni ishlab chiqish uchun ishchi guruh tashkil etilgan boʻlib, xozirda Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan ishchi guruhda ishtirok etilmoqda.

Joriy yil yanvar oyida yangi ishga tushirilayotgan oʻta muhim va toifalangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining soni oʻsib borilishini inobatga olgan holda sanoat xavfsizligi sohasida samarali davlat nazoratini taʼminlash maqsadida, qoʻmita shtat birliklarini koʻpaytirish yuzasidan takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi F-5 son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh (Davletov)ga Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqishda inobatga olish uchun kiritishni taʼminlash maqsadida taxliliy maʼlumotlar Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbariyatiga kiritilgan.

Joriy yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori va “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan qoʻmitaning tegishli inspeksiya va departamenti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yangi tahririni ishlab chiqishda ishtrok etildi.

Joriy yil yanvar oyida Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqilgan va project.gov.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning yangi konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi (ID-56228 (V-1) ni koʻrib chiqib, u boʻyicha tegishli takliflar va eʼtirozlarni taqdim qildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi (ID-57718) Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqib, u boʻyicha tegishli takliflar va eʼtirozlarni taqdim qilindi.

Ijro intizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari va boshqa topshiriqlar ijrosi yuzasidan Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritib kelinmoqda.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi inspektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat nazorati va nazorat profilaktika ishlarining sifati, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sodir boʻlishi xolatlarini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rasmiylashtiriladi va mazkur chora-tadbirlar bajarilishi inspektorlar tomonidan ijrosi holati yuzasidan jiddiy nazoratga olinadi.

 

Neft va gaz sohasida sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiya oʻz ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy xujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Republikasi 2006-yil 28-sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi” toʻgʻrisidagi 57–sonli Qonuni, 2008-yil 10-dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 271-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”
2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 1-fevraldagi 75-son qarori va boshqa normativ-xuquqiy, normativ-texnik xujjatlarga asosan olib boradi.

Inspeksiya xodimlari 2022-yil birinchi choragi davrida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi   tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 1-yarim yillik ish rejasi asosida “Oʻzbekneftegaz” AJga qarashli korxonalarda, “Oʻztransgaz” AJ, chet el va qoʻshma korxonalari, jumladan, “ERIELL GmbH”, “LUKOYL Opereyting kompani” MCHJ, “UzMalOil” Qoʻshma korxonasi, “Jizzakh Petroleum” MCHJ qoʻshma korxonasi, “Gissarneftgaz” MCHJ qoʻshma korxonasi, “Enter Enginering” kompaniyasi hamda boshqa neft va gaz sohasida faoliyat olib boruvchi korxonalarda 2022-yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va inspeksiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika va fontan xavfsizligi holatlarini  oʻrganish boʻyicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.

2022-yil 1-choragi davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Oʻzbekiston   Respublikasi Adliya   vazirligida 2018-yil 7-sentyabrda 3067-son bilan roʻyxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi xaqidagi vaqtinchalik Nizom”ning 4-bob 38-bandiga muvofiq (xabardor etish tartibida) tasdiqlangan reja-jadvali xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʻyicha vakil tomonidan  berilgan unikal kodli  ruxsat asosida sanoat xavfsizligiga oid  amaldagi qonunchilik va normativ texnik xujjatlar talablarini bajarilishi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda 74 ta tekshirish oʻtkazildi va tekshirish natijasida 98 ta xodimga nisbatan 70740000 soʻm miqdorida maʼmuriy chora qoʻllanildi.

2022-yil 1-choragi yil davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda tasdiqlangan reja asosida 302 ta nazorat-profilaktika ishlari olib borildi. Buning natijasida 1837 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. 14 ta korxona va tashkilotlarda seminarlar olib borildi. 

Yuqorida koʻrsatilgan kompaniyalarning Doimiy Xarakat Komisssiyasi, sanoat  va texnika xavfsizligi boʻlimlari xodimlari va bosh mutaxasislari ishtirokida oʻtkazilgan monitoringlarda inspeksiya xodimlari faol qatnashdilar.    

Inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yil 1 choragi davomida  “Oʻzbekneftegaz” AJ va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari tasarrufidagi korxonalariga qarashli korxonalarda 33 ta nazorat-profilaktika oʻtkazilib, jami 236 ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi.

2022-yil birinchi choragi davomida inspeksiya nazorati ostidagi korxonalarda 4 ta  shundan, 2 ta oʻlim va 2 ta oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar sodir boʻldi.

2022-yil birinchi choragi  davomida tarmoq inspeksiyaning nazorati ostidagi korxonalarda avariyalar sodir boʻlmadi.

Inspeksiya nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari amaldagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan olib borilmoqda. Inspeksiya mutaxassislari tarafdan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda qilinayotgan ishlarga oʻz vaqtida amaliy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Inspeksiya xodimlari  nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarning sanoat xafsizligi, mexnat va texnika xafsizligi muxandislarini bilimlarini sinash komissiyalari ishida ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʻyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xisobga olish va identifikatsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.

Davlat inspektorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 291-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini  amalga oshirishga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida qarorinig 1-chi ilovasiga muvofiq korxonaning xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reestriga kiritilishi va qarorining 2-ilovasiga muvofiq sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan ishlab chiqarish nazorati ishlab chiqilishi nazoratga olingan.

2021-yil 1-choragi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
30-iyundagi 152-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarorining 7-ilovasiga muvofiq Texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastr pasporti ishlab chiqilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 2-oktyabragi 784-son “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008-yildagi 271-sonli qarorihamda “Mehnatni muxofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011-yil 16-fevral 35-sonli karori asosida “Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari”ning mazmun-mohiyati haqida joylarda tushuntirish ishlari hamda Sanoat xavfsizligi talablari boʻyicha seminar-yigʻilishlari oʻtkazildi.

Inspeksiya nazorati ostidagi  korxona va tashkilotlarda uchrayotgan muammolarni ijobiy hal qilish uchun inspeksiyada xar oyda bir marotaba (oxirgi payshanba) ochiq eshiklar kuni oʻtkazilmoqda va 2 ta ishonch telefonlari tashkil etilgan boʻlib, murojaat etayotganlarga amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik Jamiyati tasarrufidagi nazorat ostidagi korxonalarida  "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʻyicha maʼlumotlarni taxlil qilish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida  sodir boʻlishi mumkin boʻlgan  avariya va baxtsiz xodisalar oldini olish va professional xavfsizlik darajasini oshirishga doir 2022-yil uchun chora-tadbirlar rejalari Davlat inspeksiyasining  neft va gaz sohasida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi bilan kelishilib ishlab chiqildi.

2022-yil 1-chorak xisobot davrida Davlat inspeksiyasiga kelayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriqlar hamda, Hayʼat Kengashining qarorlari inspeksiya tomonidan, biriktirilgan mintaqaviy inspeksiyalarga oʻz vaqtida yetkazib borilmoqda. Har bir xujjat ijrosi yuzasidan inspeksiyaning farmoyishlari berib borilib, nazoratga olingan.

 

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

  1. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Sanoat xavfsizligi, yer qaʼri boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solinishi va boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishi yuzasidan Inspeksiya 2022-yilning I choragi davomida “Sanoat xavfsizligi” Davlat Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan ish reja, chiqarilgan buyruqlari va Nazorat profilaktika faoliyatini taxlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriqlari asosida, hamda Geologiya- qidiruv ishlarini  olib borilishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan inspektorlarning  yillik ish rejalariga muvofiq, nazorati ostidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt obyektlarida avariya va noxush xodisalarni oldini olish, hamda, Sanoat xavfsizligi Davlat Qoʻmitasining 75-sonli nizomida belgilangan vazifa va funksiyalaridan kelib chiqqan holda profilaktika ishlarni olib bordi.

Inspeksiya  I chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga qarashli  “Oʻzbekgeologiya qidiruv” AJ, xamda “Mega keramik impeks” MCHJ, “Fast-Fish” MCHJ, “Janob Oil Bravo” MCHJ, “Sri Lion Biznes” MCHJ, “Jemchug Pover” MCHJ, “Sirgʻali gʻisht kapital” MCHJ, “IS SAYRAM TUMOR” MCHJ, “SHOLIKOR QUM SHAGʻAL INVEST” MCHJ, “MADINA-ODINA-MUBINA” MCHJ, “MAGISTRAL SERVIS” MCHJ, “OTAJON XAMROJON” MCHJ,”Baraka Nur” MCHJ  larida  profilaktika tadbirlari olib borildi. Tadbir natijasida   126 ta mehnatni muhofaza qilish (MMQ ) va texnika xavfsizligi (TX) qoidalari buzilishlari, yaʼni 38 ta tashkiliy, 88 ta texnik masalalar boʻyicha qoida buzilishlari aniqlandi.

Inspeksiya tomonidan nazorati ostidagi korxonalarda geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari (GQXQ) talablariga rioya etmagan 9 nafar injener-texnik xodimga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi, umumiy jarima miqdori   5670000  soʻmni tashkil qildi.

Korxonalardan kelishish uchun kelgan    22  ta geologik loyihaning “Sanoat xavfsizligi va mexnat muxofazasi” boʻlimini oʻrganib chiqib kelishildi.

Korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi xolati, avariya va jaroxatlanishlarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida

Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarda joriy yilning I choragi davomida ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan avariya, noxush xodisalar qayd etilmadi, obyektlarda ishlar davomiy toʻxtatilmadi.

I chorak davomida Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi boʻyicha jami
1 ta oqibati ogʻir baxtsiz hodisa sodir boʻldi.

Seminarlar yuzasidan

Inspeksiya xodimlari tomonidan jarohatlanish, avariya, noxush xodisalar holatlariga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish maqsadida, tashkilotlarda mavjud boʻlgan kamchiliklarni tahlil qilingan holda,  mansabdor shaxs va ishchilar bilan mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi maʼvzularida  Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga qarashli qarashli  “Oʻzbekgeologiya qidiruv” AJ sida  suhbat tarzida seminarlar oʻtkazildi.

Nazorat ostidagi korxona ishchi xodimlari ishtirokida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2010-yil 26-mart 109-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” davra suhbatlari oʻtkazilmoqda. 2009-yil 1-may 84-sonli buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga qarashli qarashli  “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ sida  injener texnik, ishchi xodimlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, ish jarayonida yoki kundalik turmushda kelib chiqishi mumkin boʻlgan baʼzi muammolar yuzasidan ochiq muloqatlar olib borildi, hamda baʼzi bir yechimini topmagan muammolar yuzasidan “Ishonch telefonlari”ga murojaat etishlari tavsiya etildi.

Sanoat xavfsizligini mexnat muxofazasi, taʼminlash boʻyicha yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir, shuningdek korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitini yaratish boʻyicha hal qilinmayotgan masalalar boʻyicha

Korxonalardan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ish jarayonida yoki kundalik turmushda kelib chiqishi mumkin boʻlgan baʼzi muammolar yuzasidan yozma ravishda, hamda baʼzi bir yechimini topmagan muammolar boʻyicha “Ishonch telefonlari” orqali  I chorak davomida   murojaatlar boʻlmadi.

Geologiya-razvedka ishlari olib boradigan korxonalarda (ekspeditsiyalarda) togʻ-kon va burgʻulash dastgoxlarini deyarli 80% ishlash muddatini oʻtab boʻlgan. Milliy kadrlar masalasi ham geologiya yoʻnalishida oqsayapti, hamda geologik adabiyotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilib, bilim yurtlariga darslik sifatida keng qoʻllanilishi kerak.

Tarmoq inspeksiyasi nazorati ostidagi korxonalarda qonun hujjatlari va meyoriy-texnik, meyoriy xuquqiy hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat profilaktik  ishlarni olib borishda yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklar taxlil qilinganda, aksariyati raxbariyat va maʼsul shaxslar tomonidan nazorat susaytirilganligi va ayrim injener texnik xamda ishchi xodimlarning malakasi kamligi sabab boʻlmoqda.

 

 

Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiya oʻz ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy xujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Republikasi 2006-yil 28-sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi” toʻgʻrisidagi 57–sonli qonuni, 2019-yil 01-fevraldagi Vazirlar Maxkamasining “ Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi soxasida davlat boshkaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 75-sonli karori, 2008-yil 10-dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  271-sonli, va boshqa normativ-xuquqiy, normativ-texnik xujjatlarga asosan olib boradi.

 Inspeksiya xodimlari 2022-yil birinchi choragi davrida Sanoat xavfsizligi Davlat Qoʻmitasi  boshligʻi   tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 1-yarim yillik ish rejasi asosida “Oʻzkimyosanoat” AJga qarashli korxonalarda, “Oʻzmetkombinat” AJdagi korxonalarida 2022-yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va inspeksiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat havfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika xavfsizligi holatlarini  oʻrganish boʻyicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.

Yuqorida koʻrsatilgan kompaniyalarning Doimiy Xarakat Komisssiyasi, sanoat  va texnika xavfsizligi boʻlimlari xodimlari va bosh mutaxasislari ishtirokida oʻtkazilgan monitoringlarda inspeksiya xodimlari faol qatnashdilar.

2022-yil 1 chorak davomida  korxonalarda umumiy xisobda 31 tekshirish 70 ta nazorat-profilaktika oʻtkazilib jami 1232 qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi. Tekshiruvlarda aniklangan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 53 ta raxbar va xodimlarga nisbatan 50 490 000  soʻm miqdorida jarima solingan. 

2022-yil   birinchi choragi davomida   14-fevral kuni "Uzmetkombinat"AJda  1ta baxtsiz hodisa sodir boʻldi   va oqibatda 1 kishi ogʻir tan jaroxati oldi

Qoʻmita nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari amaldagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan olib borilmoqda. Qoʻmita mutaxassislari tarafdan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda qilinayotgan ishlarga oʻz vaqtida amaliy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Qoʻmita inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish boʻyicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan nazorat-profilaktika ishlari va seminarlar olib bormoqdalar.

Qoʻmita xodimlari “Oʻzmetkombinat” AJ  “Oʻzkimyosanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarning sanoat xafsizligi, mexnat va texnika xafsizligi muxandislarini bilimlarini sinash komissiyalari ishida ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil  10-dekabrdagi 271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʻyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xisobga olish va identifikatsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.

2022-yil 1-choragi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008-yildagi 271-sonli qarori  hamda “Mehnatni muxofaza qilish toʻgʻrisida” gi Qonunining mazmun-mohiyati,  Sanoat xavfsizligi talablari boʻyicha seminar-yigʻilishlari oʻtkazildi.

Shu bilan bir qatorda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida ommaviy-axborot vositalarida ham yoritilib borilmoqda.

 2022-yil 1-chorak xisobot davrida Davlat Qoʻmitasiga kelayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va Davlat Qoʻmitasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriqlar hamda, Hayʼat Kengashining qarorlari inspeksiyasi tomonidan, biriktirilgan mintaqaviy inspeksiyalarga oʻz vaqtida yetkazib borilmoqda. Har bir xujjat ijrosi yuzasidan inspeksiyasining farmoyishlari berib borilib, nazoratga olingan.

 

Gaz xoʻjaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi

Gaz xoʻjaligida sanoat havfsizligi inspeksiyasi 2022-yilning 1-choragida, Hukumat qarorlari va topshiriqlari shuningdek, Sanoat havfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan chiqarilgan buyruqlar va Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriqlari asosida, nazorat ostidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt obyektlarida avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish, gaz xoʻjaligidan xavfsiz foydalanishga doir qonun hujjatlari va meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan quyidagi profilaktika  ishlarini olib bordi.

Gaz xoʻjaligida sanoat havfsizligi inspeksiyasi tomonidan “SHARQONA YAGONA SAVDO" MCHJ tasarrufidagi “Azia.uz”, “MIND ASIA" MCHJ tasarrufidagi “Mind Azia”, “ROYAL TRADE CENTRE" MCHJ tasarrufidagi “Makro”, “RIVIERA MALL" MCHJ tasarrufidagi “RIVIERA”, “MAGIC FRUIT" MCHJ tasarrufidagi “COMPASS”, “MUXAYYO TRADE" MCHJ tasarrufidagi  “Magnit”, MEGA TRADE COMMUNICATION" MCHJ tasarrufidagi “NEXT”, “SK MEDIA" MCHJ tasarrufidagi  “VEGA CENTRE”, "MEGA PLANET" MChJ tasarrufidagi “Mega Planet”, "ASTRUM" MChJ  tasarrufidagi “Poytaxt”, "BAHOR TRADE EXCLUZIVE" MChJ tasarrufidagi “Crystal”, "SD MALL" MChJ tasarrufidagi “Samarqand Darboza”, "TECHNO PROFIL" MChJ tasarrufidagi “ATLAS”, "PARUS COMPLEX" MChJ tasarrufidagi “Parus”, "MAQSUDXOʻJA FAYZLI BARAKAT" MChJ tasarrufidagi “OAZIS” va "DEPO MALL" MChJ tasarrufidagi “Depo Mall” (Katta Qani) savdo majmualarida tekshirish oʻtkazildi, tekshirish natijalariga koʻra kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etish boʻyicha dalolatnomalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-dekabrdagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligi taʼminlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 743-son qaroriga asosan, “HUDUDGAZTAʻMINOT” AJ gaz quvurlarini himoya xududlarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni aniqlash boʻyicha xatlov oʻtkazildi.

Xatlov davomida jami 2 856 ta oʻzboshimchalik bilan gaz quvurlarning himoya xududlariga bino-inshootlar qurilganligi aniqlandi.

Shulardan 1 974 ta oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar poydevorlari ostida gaz quvurlari qolib ketgan.

“HUDUDGAZTAʻMINOT” AJ tomonidan fuqarolarni xavfsizligini taʼminlash xamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlardan himoya qilish maqsadida ogoxlantirildi va tegishli tashkilotlarga xat yuborildi.

Himoya masofasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarning 2 029 tasini boshqa xavfsiz joyga koʻchirish imkoniyati mavjud boʻlib, obyektlar egalari tomonidan koʻchirilish ishlarini amalga oshirilishi zarur (taxminan sarflanadigan mablagʻ 47,1 mlrd soʻm). Xozirgi kunda 140 tasi xavfsiz joyga koʻchirilgan. Qolgan 687 ta obyektlarda gaz tarmogʻini koʻchirish texnik imkoniyati mavjud emasligi sababli bino-inshootlarni xavfsiz hududga koʻchirish kerak.

2022-yil 1-chorakda Gaz xoʻjaligida sanoat havfsizligi inspeksiyasida 36 nafar davlat inspektori faoliyat yuritdi. Tarmoq inspeksiyasi nazorati ostidagi korxonalar soni shu kunga qadar 2633 tani tashkil etib, xar bir inspektorga 85 tadan toʻgʻri keladi.

Gaz xoʻjaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 1-chorakda 147 ta (101) korxonada davlat nazorati amalga oshirilib, 403 ta (381) nazorat profilaktika ishlari olib borildi, shularda 2075 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi.

Gaz xoʻjaligida ishlovchi 2095 (2837) nafar muxandis-texnik va ishchi xodimlar texnika xavfsizligi boʻyicha bilim saviyalari tekshirildi. Ulardan  181 (172) nafarining bilim saviyasi qoniqarsiz deb topildi, ulardan  75 (117) nafari raxbar va mutaxassislarni tashkil etadi.

2022-yilning 1-choragida avariya sodir boʻlmadi. 2022-yilning 1-choragida 1 ta  baxtsiz xodisa sodir boʻldi. 2022-yil     23-yanvar kuni taxminan soat 17:50 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahri Gʻijduvon koʻchasida joylashgan “Soft Gaz Service” maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli boʻlgan Avtomobillarga suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasida “Corken” rusumli nasosni almashtirish vaqtida “Soft Gaz Service” MCHJ rahbari Saidov Jamshed Raximovich va uning ukasi Saidov Jahongir Raximovich hamda yollanma ishchi Karimov Olim Shakirovichlar gazdan boʻgʻilishi oqibatida oʻlim bilan tugagan guruhiy baxtsiz xodisa sodir boʻldi.

Avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida roʻznoma, radio hamda televideniyalarda chiqishlar tashkil etildi. Korxonalarda  seminarlar oʻtkazildi xamda Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi  vebsaytiga qoida va yoʻriqnomalar joylashtirildi. Hisobot davrida xavfsiz ish yuritish metodlarini targʻib qilish maqsadida korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari xamda axoli oʻrtasida  targʻibot ishlari olib borildi.

Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat televideniyasining "Diyor yangiliklari"da 2022-yil 15-yanvar kuni “Ulgurji isteʼmolchilar gaz xoʻjaligida javobgar shaxslarining vazifalari” toʻgʻrisida  intervyu berildi.

Buxoro viloyat televideniyesining Istiqlol TV telekanalida 2022-yil 3-fevralda “AGTSHda xavfsizlik talablariga rioya qilish” mavzusida  chiqish qilindi.

“Vobkent xayoti” gazetasining 2022-yil 7-yanvardagi 2-sonida “Gaz jixozlaridan toʻgʻri foydalanaylik” mavzusidagi maqola chop etildi.

Jizzax viloyati "Gʻallaorol ovozi" gazetasiining 2022-yil 2-fevraldagi 6-sonida "Gʻallaorol gaz taʼminoti boʻliimi ogoxlantiradi" mavzusidagi maqola chop etildi.

Fargʻona viloyati "ISFAYRAM" gazetasiining 2022-yil 28-fevraldagi 4-sonida "Tabiiy gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga diqqatiga" mavzusidagi maqola chop etildi.

Xorazm viloyati "Xorazm haqiqati" gazetasiining 2022-yil 4-martdagi 9-sonida "Qoidalarga rioya qiling!" mavzusidagi maqola chop etildi.

Jizzax viloyati "Gʻallaorol ovozi" gazetasiining 2022 yiil 23-martdagi 13-14-sonida "Is gazidan zaxarlanib qolmang" mavzusidagi maqola chop etildi.

Inspeksiya nazoratidagi korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligini taʼminlash va mehnat sharoitini yaratish boʻyicha quyidagi masalalar koʻp yillardan beri hal qilinmasdan kelinmoqda:

Yer osti poʻlat gaz quvurining elektr kimyoviy himoyasining ishga yaroqsiz holga kelgani oqibatida quvurlar yemirilishi;

Gaz quvurlari va undagi qurilmalarga xizmat koʻrsatish hamda nazorat qiluvchi chilangar shtat birliklari yetishmasligi;

Taʼmirlash va joriy sozlash ishlariga mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilmasligi;

Gaz xoʻjaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish obektlari bor korxonalar ishlab chiqgan Ishlab chiqarish nazorati Nizomi  kelishilmoqda.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borilishini taʼminlash masalalari boʻyicha band boʻlayotgan rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar bilimlari  tekshirib borilmoqda.

 

Bugʻ qozonlari, koʻtarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Bugʻ qozonlari, koʻtarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Sanoat havfsizligiga doir qonun hujjatlari va meʼyoriy-texnik hujjatlarga, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib kelmoqda.

Korxona va tashkilotlarda oʻtkazilgan nazorat-profilaktika ishlari boʻyicha:

Xisobot davrida umumiy 626 ta nazorat profilaktika ishlari olib borilgan boʻlib, 287 ta holatda bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari olib borilgan, 182 ta holatda texnik koʻriklar, 32 ta holatda seminarlar, 1 ta holatda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilindi va 175 ta xolatda xujjatlar kameral koʻrikdan oʻtkazilgan.

Oʻtkazilgan tekshirish va nazorat profilaktika ishlari natijalari boʻyicha umumiy 2594 ta meʼyoriy xujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan boʻlib, aniqlangan qoida buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha 203 ta yozma koʻrsatmalar, aniqlangan kamchiliklarni (profilaktika asosida) bartaraf etish boʻyicha 507 ta maʼlumotnomalar, huquqni muxofoza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar xatlariga muvofiq 41 ta maʼlumotnomalar berilgan.

Tekshiruvlar vaqtida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan baxtsiz hodisa va avariyalarni oldini olish maqsadida vaqtincha umumiy 5 ta obyekt va ishlar toʻhtatilgan, 1 ta masʼul xodimlar intizomiy javobgarlikga, 166 nafar (ulardan 53 nafari raxbar xodimlar) xodimlar jarimaga tortilgan boʻlib 166 nafar xodimdan 89,177,000 soʻm jarima undirildi.

Inspeksiya nazorati ostidagi korxonalarda yuz bergan avariya va baxtsiz xodisalar (2 ta shulardan 1 ta oʻlim va 1 ta ogʻir) maxsus komissiyalar tomonidan tekshirilgan.

2022-yil I-chorak davomida inspeksiya xodimlari tomonidan nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda xizmat qiluvchi umumiy 6432 ta ishchi va muxandis texnik xodimlarning sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, hamda yer qaʼri boyliklarini muxofoza qilishga oid qonun xujjatlarini bilishlari yuzasidan bilim tekshirishlarini olib borishgan, ulardan tayyor boʻlmaganlari soni 991 ta, ulardan raxbar xodimlarning soni 623 tani tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyeklarining huqulari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilining xatiga asosan respublikada faoliyat olib borayotgan AGTKSHlar va Xavfli ishlab chiqarish obyektlari xisoblangan texnik qurilmalar mavjud tashkilotlarda 151 tasida tekshirish oʻtkazildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyeklarining huqulari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilining xatiga asosan kelishilgan tartibda oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan javobgar shaxslarga belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʻrilmoqda.

2022-yil I-chorak davomida “TEXNOPARK” MCHJning murojaat xatiga asosan Toshkent shaxrida mavjud koʻp qavatli uylarda oʻrnatilgan “TEXNOPARK” MCHJ tomonidan hamda boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan lift qurilmalarini joyiga chiqib oʻrganib 335 ta lift qurilmalarini qabul qilinib roʻyxatga koʻyilgan

Har oyning 2 va 4 payshanba kunlari inspeksiya qoshida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilinib, hisobot davomida xodimlarimiz tomonidan turli sohalarga taaluqli masalalar yuzasidan 41 ta korxona vakillariga konsultativ tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Inspeksiya qoshida 71-244-38-82 va 71-244-18-26 ishonch telefonlari ishlab turibdi.

2022-yil I-chorak davomida inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori boʻyicha Respublikamiz hududida qurilayotgan va litsenziyasi tugayotgan 73 ta AGTKSH boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentyabrdagi 410-sonli qarori boʻyicha 77 ta hujjatlar koʻrib chiqildi,
29 tasiga xulosa berish rad etildi va 48 tasiga ijobiy xulosalar berildi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-sonli qarori boʻyicha joriy yilning xozirgi kuniga kelib 355 ta ruxsatnomalar berildi.

I-chorak davamida inspeksiyaga “MS IJRO” dan koʻrib chiqish umumiy 104 ta xujjat loyihalari va topshiriqlar kelgan boʻlib barcha topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarildi.

I-chorak davomida inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti portali va ishonch telefonlari orqali umumiy 10 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib barcha murojaatlar oʻz vaqtida oʻrganib chiqildi va murojaatchilarga belgilangan tartibda javob xatlari kiritildi.

 

Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

 Inspeksiyasi nazorati ostidagi korxonalarda 2022-yil 1-chorak davomida jami 12 ta davlat nazorati, shundan xabardor etish tartibida tekshirish 12 tani tashkil etdi.

Nazorat–profilaktika ishlari 38 ta shulardan 38 ta bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari olib borildi, bunda 596 ta meʼyoriy xujjatlar talablari buzilishi aniqlangan. Jami aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha profilaktika asosida maʼlumotnoma soni 31 ta, xabardor etish tartibida oʻtkazilgan tekshirishda yozilgan dalolatnoma yozma-koʻrsatmalar soni 12 ta.

Shuningdek 2022-yil 1-chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʻyicha Vakillikning unikal kodli ruxsati bilan “Xorazmdonmahsulotlari” AJ, “Xonqadonmahsulotlari” AJ, “Shovotdonmahsulotlari” AJ, “Bogʻotdonmahsulotlari” AJ, “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ, “Chimboydonmahsulotlari” AJ, ”Iskandar Don 2020” MCHJ, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJ, “Shoʻrchidonmahsulotlari” AJ, "Xovosdonmahsulotlari" AJ, "Oqoltindonmahsulotlari" AJ, "Navoiydonmahsulotlari" AJlarda habardor etish tartibida tekshirishlar oʻtkazildi.

Nazorat ostidagi korxonalarda:

Sanoat xavfsizligi Davlat qoʻmitasining xududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 1-choragi mobaynida tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari rejasiga asosan “Qashqadaryodon maxsulotlari” AJ, “Koson DMQQ” MCHJ, “Koson DMQQ” MCHJning “Muborakdon”, “Gʻuzor un” filiali, “Qamashi DQQ” MCHJning “Qamashi don” shaxobchasi, “Yakkabogʻ DQQ”, “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ, “Chimboydonmahsulotlari” AJ, “Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ, “Kungrad un zavodi”AJ, “EAST OIL” MCHJ, “Surxon Oziq Ovqat Sanoat” MCHJ, “Denov Yogʻ Moy klaster“ MCHJ, "Business capital" MCHJ, "Oltin-chigit" QK, “Amir Temur” XK, “Qoʻqondonmaxsulotlari” AJ, “Paxtakor oltin boshoq klasteri” MCHJ, “Ixsan uvva” MCHJ, “RAYHONA-BAXODIR” MCHJ, “SANGZOR TEXTIL OIL” MCHJ, “Sangzor parranda” MCHJ, “Baxt Iqboli” XK, “Arnasoy xujant Oil” MCHJlarda hamda nazorat osti korxonalarida sodir boʻlgan baxtsiz xodisalar va ularni oldini olishga bagʻishlangan nazorat-profilaktika, tushuntirish ishlari oʻtkazildi.

Tarmoq inspeksiyasi nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha hal qilinmagan masalalar quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005-yil
30-iyundagi 152-sonli qaroriga muvofiq “Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga asosan kadastr pasporti “Oʻzdonmahsulot”AK tasarrufidagi koʻpchilik korxonalarda tuzilmagan;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
19-maydagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir  qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 291 - sonli qarori asosan reestrga roʻyxatga qoʻyilmagan;

“Oʻzdonmahsulot” AK tasarrufidagi 60% korxonalarda Donni saqlash va qayta ishlash boʻyicha korxonaning portlash xavfsizligi texnik pasporti tuzilmagan;

mehnatni muxofaza qilish va sanoat xavfsizligi soxalaridagi Qonun va qonun osti xujjatlari talablariga rioya etmasdan faoliyat koʻrsatish xolatlari kuzatilmoqda;

“Oʻzdonmahsulot” AK tasarrufidagi korxonalarda foydalanilayotgan texnologik qurilmalari va uskunalarning 20% hamda liftlarning barchasi eskirib muddatini oʻtagan;

xodimlar shtatining ishga oid belgilangan malaka talablariga muvofiq toʻldirilmaganligi;

yangi tayinlangan raxbar va ishchi xodimlar oʻz kasblari boʻyicha oʻqitilmagan va bilimlari sinovdan (attestatsiya) oʻtkazilmagan.

Ijro intizomi holatining taxlili, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident xujjatlari va Xukumat karorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriq, hamda Hayʼat Kengashi qarorlari ijrosi oʻz vaqtida oʻrganilib, barcha inspeksiya inspektorlari va biriktirilgan Xududiy boshqarma boshliqlariga belgilangan muddatlarda yetkazildi.

Inspeksiyasi xodimlarining asosiy maqsadi etib, kelgusida nazorat ostidagi korxonalarda nazorat-profilaktika ishlarini yanada oshirish orqali ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va avariya holatlarini oldini olish, joylarda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushintirishlar berish, amaliy yordam koʻrsatish, seminarlar oʻtkazish hamda ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni yanada oshirish vazifalari yuklatildi.

 

Temir yoʻl transportida tashishda havfli yuklarni yuklash, tushirish va saqlashda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʻyicha vakillikning 2022-yil 5-yanvardagi 01-14-3/2746‑14-sonli xatiga va Sanoat xavfsizlik davlat qumitasining raisi buyruqlariga muvofiq 2022-yil 1 choragi davomida nazorat tadbirlari olib borildi.

 Inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yilning 1 chorak davomida Sanoat xavfsizlik qumitasi raisi tasdiqlangan ish reja asosida Qoraqalpogʻiston  viloyatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ tassarufidaga yoqilgʻi saqlash ombor xhjaligi, “Navoiy xaoqaro aeroporti”AJ, Fargʻona viloyati “Fargʻona azot”AJ,  Tashkent viloyati “Maksam‑Chirchiq”AJ“ korxonalarda inspeksiya  xodimlari nazorat tadbirlarini olib bordilar.

Ushbu korxonalarda 23 ta qoida buzilishlar aniqlanib 4 nafar xodimlarga jarima belgilandi jarima miqdori 3240000 soʻm tashkil etdi. Yozma kursatmalar berilib bartaraf etish uchun chora‑tadbirlar tuzildi.

“Fargʻona neft qayta ishlash zovodi”da 62ta va “Navoiy azot” korxonasida 69ta temir yoʻl transportida xavfli yuklarni tashishda, ortish‑tushirishda va saqlash bilan shugʻillanayotgan ishchi 6nafar muxandis texnik xodimlar bilan uqitish va bilim sinovlarini HYUTQ qoidasini va yuriqnomalarni qanday uzlashtirilganligini   oʻqitish olib borildi.

Vazirlar Maxkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62 - son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, qoʻmita xodimlari, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat tabiatni muxofaza qilish qoʻmitasi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirib kelayapti.

Shulardan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 4-martdagi 2/1237‑1689‑son xatiga muvofiq “InternationaI” Ltdning Oʻzbekiston Respublikasi xududidan Qirgʻiziston Respublikasiga temir yoʻl transporti vositasida 520tonna xavfli yuk(natriy sianid)ni tranzit olib oʻtish toʻgʻrisida murojaat xati kurib chiqilib ijobiy xulosa  yuborildi.

Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi №271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʻyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xisobga olish va identifikatsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning sugʻurta qilish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi.  

Inspeksiyaning asosiy maqsadi, nazorat ostidagi korxonalarda havfli yuklarni tashish sharoitlarini uzliksiz profilaktika ishlarini olib borilishi, korxonalarda va obyektlarda avariya holatlari va jaroxatlanishlarni oldini olish. Tuzilgan chora-tadbirlariga eʼtiborni kuchaytirishga qaratilgan.   

Inspeksiya nozirlari, HYUTQ qoidasini va boshqa yangi qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar talablarini amaliyotga tadbiq etish boʻyicha temir yoʻl tizimiga ega bugan korxonalarda, metodik yordam koʻrsatilyapti.

Inspeksiya inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish boʻyicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan oʻz ish rejalariga asosan profilaktika ishlari uzluksiz ravishda olib bormoqdalar.

Inspeksiya xodimlari korxonalar rahbarlari va temir yoʻllar tuzilmaviy boʻlinmalari, magistral temir yoʻl transporti korxonalari, shuningdek korxonaning xavfli yuklarni tashish bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqarish sexlari, temir yoʻl (transport) sexlari va boʻlimlarining idoraviy nazorat xizmatlari xodimlari tomonidan xavfli yuklarni tashish xavfsizligi talablariga rioya qilish boʻyicha idoraviy tekshirishlar yillik rejalari yoki jadvallari bajarilishi nazoratni olib borilmoqda.

Mintaqaviy nozirlarning hisobotlari shuni koʻrsatmoqdaki, yuk junatuvchi tashkilotlar tomonidan xavfli yukli vagonlarda qoida buzarliklar aniqlandi. Ayrim vagonlar xavflilik buyicha nostandart belgilar bilan qabul qilinmokda. Stansiya raxbarlari tomonidan ishga yangi olingan ishchilarni texnik ukitishlar yetarli saviyada utkazilmaydi. Barcha stansiya raxbarlari xavfli yuklarni tashish koidalari buyicha sifatli uqitish kerakligi uktirib utildi. Temir yul stansiyalarda chirigan yogʻoch shpallarni almashtirishi dolzarb mavzular jumlasidandir.

Nazoratchilar tomonidan berilgan tavfsiyalar korxona rahbarlar va muxandis texnik xodimlar tomonidan oʻz vaqtida bajarilmoqda, lekin uzoq vaqtdan beri bajarilmayotgan kamchiliklar mavjud.

 

Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi

Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni taqiqlash Konvensiyasini bajarilishini nazorat qilish inspeksiyasining 2022-yil 1-chorak uchun Ish rejasiga muvofiq quyidagi xajmda ishlar amalga oshirildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJda xavfli ximikatlar haqidagi olingan maʼlumotlar tekshirildi va taxlillar oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasidan xavfli ximikatlar eksport-importi haqidagi maʼlumotlar olindi, olingan maʼlumotlar asosida Kimyoviy Qurolni Taqiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yillik eʼlon taqdim etildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJdan olingan maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki “Navoiazot” AJda deklaratsiya qilinishi shart boʻlgan 3-roʻyxatdagi xavfli ximikat sinil kislotasi ishlab chiqariladi.

2021-yilda “Navoiazot” AJda 21 510 tonna sinil kislota ichki ehtiyojlar uchun ishlab chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra 2020-yilda deklaratsiya qilinishi shart boʻlgan 3-roʻyxatdagi ximikatlardan Oʻzbekistonga 1257,363 tonna xajmda metildietanolamin, 117 494 kg. xajmda trietanolamin, hamda 2022-yil 1-choragida  139 380,6 kg. Xajmda metildietanolamin xamda trietalomin 1,0 kg import qilingan.

Shuningdek, “Navoiazot” AJ,  “Maksam-Chirchik” AJ  va “Fargʻonaazot” AJ tomonidan deklaratsiya qilinishi shart boʻlgan 4-roʻyxatga kiruvchi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarilgan.

Inspeksiya tomonidan yuqorida qayd qilingan maʼlumotlar asosida:

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yildagi faoliyati haqida yillik eʼlon  Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Konvensiyasini Tekshiruv boʻyicha ilovasining 4(V) bandi VIII qismiga muvofiq rasmiylashtirldi va Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi;

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yilga rejalashtirilgan faoliyati haqida yillik eʼlon Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Konvensiyasini Tekshiruv boʻyicha ilovasining 4(S) bandi VIII qismiga muvofiq rasmiylashtirildi va Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi;

Oʻzbekiston Respublikasi bakteriologik (biologik) va toksin qurollarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish  va zahiralarini toʻplashni man etish va ularni yoʻq qilish haqidagi III Konferensiyasi qatnashuvchi davlatlar qabul qilgan shaklga muvofiq tayyorlandi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish Masalalari Departamentiga yuborildi.

 

Konda hatardan qutqaruvchi harbiylashgan qism

Hisobot davrida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalari  tomonidan kon-qutqaruv ishlari olib boriluvchi korxonalar hududida sodir boʻlgan favqulotda hodisalarga 13 marotaba jalb kilingan, shu jumladan 10 marotaba roʻy bergan avariyalarga:

“Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” Koʻchbuloq shaxtasining markaziy uchastkasi  sath 930 m blok 814-10 bisda togʻ jinsi koʻchishi natijasida  ikki nafar kon ishchisi koʻchki ostida qolgan. Bir  ishchining hayoti saqlanib qolingan, ikkinchi  ishchisi  vafot etgan.

2022-yilning 25-yanvar sanasida Respublikamizda kuzatilgan elekt energiya taʼminotidagi uzilishlar natijasida kon qutqaruv ishlari olib boriluvchi korxonalarda, jumladan  “Olmaliq KMK” Angren KB, Chodak KB; “Navoiy KMK” Markziy KB, Janubiy KB, 1-son GMZ KB; “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Dehqonobod kon majmuasi; “Oʻzbekkoʻmir” AJ SHUKQO filiali; “MINE CONSTRUCTION ALLIANCE ” skipovoy stvoli yer osti  kon ishchilarini yer yuzasiga evakuatsiya qilingan, yer osti suv bosishiga qarshi chora tadbirlar koʻrilgan. Elektr energiya taʼminoti tiklangandan soʻng yer osti shamollatish tizimi va havo tarkibi tekshirilgan.

3 marotaba baxtsiz roʻy bergan xodisalarda:

“Navoiy KMK” AJ “1-son GMZ KB” NTS 2K sath 240m blok 102-103  ruda tushirish laximidagi rudalar siljishi natijasida kon ustasi togʻ jinsi orasida qolib ketgan.  Jabrlanuvchi togʻ jinsi orasidan chiqarib olingan va birinchi yordam koʻrsatilib tibbiyot xodimlariga topshirilgan;

“Gidromaxsusqurilish” AJ “Pskom” GES qurilish P-4 da kon ishchisi oʻzini yomon xis qilgan, birinchi yordam koʻrsatilib tibbiyot xodimlariga topshirilgan;

“Olmaliq KMK” AJ “Xondiza KB” Xondiza shaxtasi satx 1290m rassechka 18 da togʻ jinsi tushishi natijasida kon ishchisi tan jarohati olgan;

HKQQ shaxsiy tarkibi tomonidan jarohatlanganlarga birlamchi yordam koʻrsatish, kon ishchilarini yer yuzasiga evakuatsiya qilish, yer osti kon yoʻllarini suv bosishiga qarshi choralar koʻrish, kon yoʻllarining shamollatish va havo tarkibini oʻlchash ishlarida 728 odam/soat ish respiratorlari qoʻllanilmagan holda bajarilgan.

Avariyalar va baxtsiz hodisalarda 4 kishi jarohatlangan, shulardan 3 kishi  hayoti saqlab qolingan.

HKQQism boʻlinmalari tomonidan quyidagilar bajarilgan:

Bajarilgan 695 ta texnik ishlarida 4332 odam/soat sarf qilinib, shundan 1099 odam/soat ish nafas olish yoʻllarini himoya qilish apparati (respirator) qoʻllanilgan holda bajarilgan.

HKQQism boʻlinmalarida 116 marotaba taktik-oʻquv tayyorgarlik va obyektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasini tatbiq qilish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi, shundan 19 marotaba kon qutqaruv ishlari olib boriluvchi korxonalarda.  Mashgʻulotlar  davomida 2553 odam/soat ish bajarilib, shundan 618 odam/soat ish respirator qoʻllanilgan holda bajarilgan.

2022-yil 1 choragida  kon qutqaruv boʻlinmalari xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda 596 marotaba profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan. Tadbirlar davomida yagona xavfsizlik qoidalari  va qoʻllanmalar 1898 holatda buzilganligi aniqlangan:

 

shamollatish usuli boʻyicha

351

mavjud holatning “Avariyalarni bartaraf qilish  rejasi”ga mos kelmaganligi boʻyicha

53

mustaxkamlash pasportlari, zakollarning mavjudligi boʻyicha

302

mexanizmlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha

131

elektr jixozlardan foydalanish boʻyicha

249

elektr payvandlash ishlarini olib borishda

33

burgʻulash va portlatish ishlarini olib borishda

10

yongʻin xavfsizligi boʻyicha

326

tez taʼsir qiluvchi zaharli moddalarni qoʻlashda

71

boshqa turli qoida buzulishlar

372

sodir boʻlgan avariyalar (baxtsiz hodisalar)soni

13

avariyalar, baxtsiz va yoʻl transporti xodisalarida   jabrlanganlarga yordam koʻrsatilgan

4

qutqarilgan odamlar

3

 

HKQQism boʻlinmalari xizmat koʻrsatayotgan korxonalarda xavfsizlik qoidalarining buzilishi yoki qoʻllanmalarga amal qilmaslik holatlarining asosiy qismi korxonalar yongʻinga qarshi birlamchi vositalari va asbob-uskunalar bilan taʼminlanmaganligi, shamollatish uskunalar, togʻ jinsini vaqtida tushirmaslik (zakol), yongʻinga qarshi qoʻllaniladigan quvurlarning yetishmasligi sabab boʻlmoqda.

Shunindek HKQQism boʻlinmalari shaxsiy tarkibi tomonidan:

xizmat koʻrsatayotgan korxonalarning 979 ishchi va injener-texnik xodimlariga avariya vaziyatlarida oʻzini tutish qoidalari oʻrgatildi;

76 marotaba ommaviy portlatish ishlari vaqtida navbatchilik oʻtaldi;

98 holatda foydali qazilmalar qazib olinadigan joylarni shamollatish xujjatlashtirildi;

5170 ta oʻz-oʻzini qutqaruv vositalarining germetikligi tekshiruvdan oʻtkazildi;

486ta oʻt oʻchirgich asbobi tekshirilib, qayta zaryadlandi.

HKQQism boʻlinmalari gaz taxlil laboratoriya(GAL)lari tomonidan jami 4942 marotaba analiz oʻtkazilib, shundan:

2249 marta kon havosi tarkibini tekshirish boʻyicha, bunda 3 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;

24-marta toʻsiqlar ortidan

890 marta kon havosining changlanganligi boʻyicha, bunda 3 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;

120 marta koʻmir tarkibidagi boshqa moddalar boʻyicha;

597 marta portlatish ishlaridan soʻng kon havosining tarkibi boʻyicha, bunda 1 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;

906 marotaba ichki yonuv dvigatellari ishlatilganidan keyin kon havosining tarkibi boʻyicha, bunda 2 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;

54-marta kislorod boʻyicha;

102-marta ohakli kimyoviy yutgich (XPI) boʻyicha;

Shunindek 216-ta AM-5 aspiratorlari va 3-ta LI moslamasi tekshiruvdan oʻtkazildi.

 

“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga tegishli Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 25.08.2006-yildagi 222-1-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008-yildagi 271-sonli karori, hamda “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat Inspeksiyasining 22.12.2008-yildagi 291-sonli buyruqlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.12.2018-yildagi 784-sonli qarorini  bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi “Sanoat nazorati laboratoriyasi” Davlat Unitar Korxonasi  tomonidan 2022-yil I-chorak  ish yakunlari boʻyicha quyidagi ishlar bajarildi:

  1. Navoi NGMK bilan Giperbarik bir oʻrinli BLKS-303 MK tizimini texnik diagnostika qilish uchun shartnoma tuzildi.
  2. Karshi viloyat prokuraturasi Metan gaz ballonining yorilishi sabablarini aniqlash boʻyicha bilan shartnoma tuzildi.
  3. Fargʻona shahrida oʻrnatilgan texnik qurilmalarni oʻtkazish uchun "SIFAT POLITEX" MCHJ bilan shartnoma tuzildi.
  4. Metall konstruksiyalarning payvandlangan tikuvlarini ultratovush tekshiruvi va texnik hujjatlarni rasmiylashtirish uchun OOO “SUPREME QUALITY” korxonasi bilan shartnoma tuzildi.
  5. Sergeli metallurgiya zavodi bilan sigʻimlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun kelgusida ishga yaroqli yoki yaroqsizligiga tegishli xujjatlar berilishi xaqida shartnoma tuzildi.
  6. Yuqori bosimli sigʻimlarda sanoat ekspertizasi oʻtkazish uchun 9225-sonli harbiy qism bilan shartnoma tuzildi.
  7. Qarshi viloyat prokuraturasi bilan metan gaz ballonining yorilishini aniqlash boʻyicha shartnoma tuzildi.
  8. "Kuchluk neft bazasi" MCHJ bilan sigʻimlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun kelgusida ishga yaroqli yoki yaroqsizligiga tegishli xujjatlar berilishi xaqida shartnoma tuzildi.
  9. "ABDUVALI Moʻminov-OROMGOXI" MCHJ bilan park attraksionlarini tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
  10. Sergeli tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan portlatilgan gaz quvurining texnik holatini aniqlash boʻyicha shartnoma tuzildi.

Buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ish xajmlari yakunlandi va xulosalar berildi. Tugallanmagan shartnomalar boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-texnik xujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga qarashli xavfli ishlab chiqarish obyektlarida baxtsiz xodisalardan oldini olish va sanoat xavfsizligini taʼminlash uchun texnikaviy diagnostika va muxandislik inshoatlarining texnik xolatini aniqlash ishlari olib borilmoqda va ularga ishga yakorliligi toʻgʻrisida xulosalar berilmokda.

.

 

 

“Sanoat xavfsizligi” DM

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi 1-chorakda davomida OOO "KRANTAS GROUP", OOO "Rational Boiler", OOO "Uzautotrailer", AO "Navoiazot" korxonalari bilan shartnomalar imzolandi.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi “Sanoat xavfsizligi” ekspertiza boʻlimi tomonidan 2022-yil 1–chorak (yanvar-mart) davomida quyida keltirilgan ishlar amalga oshirildi:

  1. SANOAT XAVFSIZLIGI

Sanoat xavfsizligining ekspertizasini oʻtkazish uchun 5 ta ariza kelib tushdi. Shulardan:

Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 2;

Deklaratsiya ekspertizasi – 0;

Identifikatsiya oʻtkazish – 3;

Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0.

Xavfli ishlab chikarish obyektlarini (XICHO) ekspertizadan oʻtkazish uchun buyurtmachilar bilan 5 ta shartnoma tuzildi.

Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 2;

Deklaratsiya ekspertizasi – 0;

Identifikatsiya oʻtkazish – 3;

Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0.

XICHOlar buyicha 2 ta sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha xulosa berildi, jumladan:

Loyiha xujjatlari ekspertizasi boʻyicha xulosa – 2;

Deklaratsiya ekspertizasi boʻyicha xulosa – 0;

Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0

XICHO identifikatsiya xulosasi – 0.

Sanoat xavfsizligi ekspertiza boʻlimi mutaxassisilari tomonidan doimiy ravishda sanoat xavfsizligi xujjatlari boʻyicha oʻquv ishlari amalga oshirilmokda.

  1. KADASTR

Bu bulimning asosiy maksadi kadastr xisoblarini yuritish va xulosalar chikarish.

Bu bulim kerakli texnikaviy jixozlar bilan taminlangan. Yani 2 kompyuter,
2 printer mavjud.

4 xodimdan iborat bulim, shu jumladan bulim boshligi xam.

4 shartnoma tuzilgan.

  1. SERTIFIKATLASHTIRISH
  • Xavfli ishlab chikarish obyektlarini sanoat xavfsizligini va mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish, sertifiktlashtirish va pasportlashtirishda ishlatiladigan, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi Sertifikatlashtirish Idorasining meʼyoriy xujjatlar fondi 2022-yilning 1- choragi 03.2022 xolatiga kelib 1320 donani tashkil etadi.
  • “Oʻzstandart” agentligi vakolatni topshirgani uchun Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi tomonidan 2021-yilning 4 – chorak uchun “Oʻzstandart” agentligiga 24414,588 ming soʻm oʻtkazildi;

 

“Kontexnazoratoʻquv” DM

“Kontexnazoratoʻquv” DM da 2022-yilning I choragida jami 430 ta mutaxassis-xodimlar oʻqitildi, shundan:

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida “Sanoat xavfsizligi” oʻquv kursi:

Reja asosida – 237 ta mutaxassis - xodim;

 Rejadan tashqari 193 ta mutaxassis - xodim;

“Kontexnazoratoʻquv” DM da masofadan turib “Onlayn” shaklda 183 ta mutaxassis-xodim “Sanoat xavfsizligi” oʻquv kursida oʻqitildi. 2022-yil 1 choragida “Sanoat xavfsizligi” oʻquv kursida 73 nafar tinglovchi imtihon sinovlarini qayta topshirdi.

Ijro intizomi boʻyicha qilingan ishlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasidan 2022-yil 1-choragi davomida ijro intizomi boʻyicha 38 ta xujjat qabul qilindi, shu jumladan 27 ta buyruq va  11  ta farmoyish;

Shuningdek, yuqoridagi xujjatlarning ijrosi haqidagi maʼlumotlar har oyning 2 - kuniga qadar xisobot tarzida elektron va yozma shaklda belgilangan tartibda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining Nazorat-profilaktika faoliyatini taxlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga taqdim etilmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati:

2022-yilning I-choragida “Kontexnazoratoʻquv” DM axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  rivojlantirish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

“Kontexnazoratoʻquv”dagi mavjud kompyuterlar, ofis texnik vositalari holatini tahlil qilindi, shuningdek texnik vositalar holati yuzasidan maʼlumot tayyorlandi va roʻyxatdan oʻtkazildi.

Tashkilot axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini va uning ishida avariya holatlari, toʻxtab qolmasligini taʼminlash maqsadida, korxonaning ichki lokal tarmogʻi ishi va kompyuterlari doimiy ravishda virusga qarshi himoya dasturlari bilan monitoring qilish yoʻlga qoʻyildi.

“E-xat” ximoyalangan elektron pochtasi va “ijro.gov” yagona nazorat tizimlarining muntazam ishlashi uchun “Unicon” fan-texnika va marketing tadqiqotlari, www.dxarid.uzex.uz markazi bilan uzluksiz ishlash jarayoni taminlangan.

Xisobot davrining yanvar oyi oxirida “Kontexnazoratoʻquv” korxonasi Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali (www.xarid.uz) yagona yetkazib beruvchilar (bozorda muqobillari boʻlmagan va texnik jixatdan murakkab tovarlar (ishlar, xizmatlar)) roʻyhatiga kiritildi.

Masofaviy taʼlimni rivojlantirish maqsadida korxonamiz tomonidan “ZOOM” programmasi orqali onlayn oʻqitish tizimi joriy qilindi, shunga binoan yangi texnologik metodlar asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

`