2018 yilning 2-4 iyul kunlari Toshkent shaxridagi «City Palace» mehmonxonasining «Toshkent» majlislar zalida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarish uchun saloxiyatni kuchaytirish xavfsizligini (ximoya qilish) yaxshilash va xavflarni kamaytirishga qaratilgan « 65 – sonli loyixasini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasini tayyorlash maqsadida Yevropa ekspertlari ishtirokida boshlang‘ich uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni KBRYaM bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining mintaqaviy Kotibiyati raxbari B.Gulyamov ochib berdi.
Tadbirda KBRYaM bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining mintaqaviy Kotibiyati koordinatori, O‘R VM huzuridagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish byurosi direktori – Dj.Sharipov, Markaziy Osiyo uchun KBRYaM bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining Mintaqaviy Kotibiyati texnik ko‘maklashish eksperti L. Bakanidze, 65 – loyixa rahbari, bosh ekspert – Ye.M.Rijikov, ilmiy tadqiqot va innovatsiya bo‘limining rahbari - S.Kavallini, Polshaning Iqtisodiyot vaziriligi bosh mutaxassisi - L.Gornyak, gigiena va epidemiologiya xarbiy institutining direktori, Iqtisodiyot vaziriligi identifikatsiya va biologik xavf-xatarlar bilan kurashish markazi rahbari – M.Nemsevich, kimyoviy qurollarni taqiqlashga doir tekshirish laboratoriyasining rahbari – M.Stela, Iqtisodiyot vaziriligi identifikatsiya va biologik xavf-xatarlar bilan kurashish Markazining bioaerozol bo‘limining boshlig‘i – G.Graniak va shuningdek KBRYaM bo‘yicha O‘zbekiston Milliy ishchi guruxi a’zolari ishtirok etdilar.
Uchrashuv qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining kimyoviy va biologik chiqindilar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qonunchilik bazasi va ilmiy texnikaviy saloxiyatini va muammollarini muhokama qilishdi.
Muhokama natijasida №65 loyixani amalga oshirish uchun ustuvor yo‘nalishlar tanlab olindi.