Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismida saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi
10.09.2018 | scis.uz

Yurtimizning buyuk kelajagi Vatan ravnaqi va iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan  xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga malakali xizmat ko‘rsatish, nazariy va amaliy yordam berishda,  xalokatga duch kelgan insonlarga yordam berish va xayotini saqlab qolishda harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismlarining xissasi salmoqlidir.

Kon qutqaruvchilardan ushbu jihatlarni yuksaltirishda yuqori intizom ijrosi, kuch va iroda sifatlari, o‘zining funsional majburiyatlarini aniq va kelishilgan harakatlarni muvofiq darajada bajarish tushuniladi.

Ushbu maqsadda xarbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo‘linmalarida saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinadi. Jumladan 8-Aloxida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodida 2018 yil 11 sentabr kuni mashg‘ulot jixozlangan saf maydonida olib borildi.

Saf tayyorgarligi mashg‘ulotida shaxsiy tarkib tomonidan safdagi usullar va harakatlar, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, boshliqning oldiga borish va uni oldidan qaytish mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.