2001 yil 28 sentabrda Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasida hamkorlik qilish uchun Davlatlararo sanoat xavfsizligi kengashi tashkil etildi.
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha tuzilgan Davlatlararo kengash, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshiruvchi tuzilma hisoblanadi.
MDH sanoat xavfsizligi kengashining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
2018 yilning 3-4 sentabr kunlari Armaniston Respublikasi saxkadzor shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining sanoat havfsizligi masalasi bo‘yicha navbatdagi XVI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi (“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Davlat nazorati boshqarmasi boshlig‘i muovini) ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi havfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat havfsizligi talablarini bajarilishi yuzasidan tajriba almashinilib 16 masala ko‘rib chiqildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sanoat xavfsizligi bo‘yicha XVI yig‘ilishida kuzatuvchisi sifatida ishtirok yetish MDH mamlakatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari, nizomlari, tavsiyalari bilan tanishishda, shuningdek, qo‘shni MDH mamlakatlarining mutaxassislari bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.