O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat Inspeksiyasi Xarbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining 2018 yil 5 yanvardagi 5-sonli buyrug‘iga muvofiq, hamda HKQQ bo‘linmalarida 2018 yil uchun maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi bo‘yicha tasdiqlangan jadvalga asosan, 2018 yil 31 mart kuni 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqarish vzvodi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AJ «O’ZBEKKUMIR» Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi (ShUKQOB) filialida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulot natijalariga ko‘ra, AJ «O’ZBEKKUMIR» «ShUKQOB» filialida sodir bo‘lgan falokatda yong‘inni bartaraf etish, jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xavfsiz joyga olib chiqishda kon-qutqaruvchilari tomonidan tezkor va professional darajada olib borgan xatti-xarakatlarini yuqori baholagan holda, «O’ZBEKKUMIR» «ShUKQOB» filiali rahbarlari tomonidan 2-AHKQVzvod kon-qutqaruvchilariga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi.