«Sanoatgeokontexnazorat» DIning Hay’at majlisining 2018 yil 1-yarim yillik rejasiga asosan, «Sanoatgeokontexnazorat» DIning Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi tomonidan 2018 yil 28 martdan 6 aprelga qadar «Uztransgaz» AJga qarashli Buxoro viloyatining gaz ta’minoit xududiy filliallarida tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan xavfsiz foydalanishni, ayniqsa xonadonlarda, ko‘p qavatli uylarda va kommunal-uy joy ob’ektlarida 57-sonli O‘RQ talablarini bajarish yuzasidan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Profilaktika tadbirlari natijasi bo‘yicha 2018 yil 6 aprelda «Uztransgaz» AJga qarashli Buxoro viloyatining gaz ta’minoit xududiy fillialida va 2018 yil 4 mayida «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspektsiyasining Hay’at Majlisining yig‘ilishida muhokama qilindi.
Buxoro shaxrida o‘tkazilgan muhokamada barcha Buxoro viloyatining gaz ta’minoit xududiy filliallari raxbarlari va bosh muxandislari (jami 70 kishi) ishtirok etdi. Bunda, tarmoq inspeksiya raxbari va davlat inspektorlari (jami 14 kishi ishtirok etdi) qiziqilgan savollarga batafsil javob berildi.
«Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspektsiyasining Hay’at Majlisining yig‘ilishida (jami 50 kishi) ishtirok etishdi. «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspektsiyasining Hay’at Majlisida aniqlangan 187 kamchilikdan 90 % bartaraf etilganligi e’tirof etildi.
Hay’at Majlisining yig‘ilishida Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan proflaktika tadbirlari qoniqarli deb topildi va bu ishlarni davom ettirishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.