«Sredazsvetmetenergo» Aksiadorlik jamiyatida faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi
04.07.2018 | scis.uz

Joriy yilning 4 iyul kuni «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi rahbari Baxtiyor Gulyamov tashabbusi bilan, poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan «Sredazsvetmetenergo» Aksiadorlik jamiyatiga qarashli ishlab chiqarish maydonida, Jamiyatning rahbariyati va mutaxassislari hamda tadbirkorlar ishtirokida faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida mavjud ishlab chiqarish maydonlari va tarmoqlaridan kengroq foydalanish masalasi muhokama qilindi, ilg‘or innovatsion shuningdek energiyatejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali ishlab chiqarish quvvati xamda sifati va turini, eng avvalo xavfsiz ish sharoitlarini  yaratilishini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

«Sredazsvetmetenergo» Aksiadorlik jamiyatining rahbari M.O.Kosteskiyning, jamiyatga qarashli ishlab chiqarish maydonida mavjud infratuzilma, maxalliy aholi ishchi resurslari va tadbirkolik imkoniyatlarini inobatga olib, Shayxontoxur iqtisodiy zonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi fikri qo‘llab quvvatlandi.