Bugunda O‘zbekistonda konstitusiyaviy sohada olib borilayotgan islohotlar avvalambor xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlashga qaratilmoqda.
O‘tgan yillar davomida Konstitusiyamizga 16 marotaba turli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hozirgi Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha boshlangan yangi konstitusiyaviy islohotlar oldingilaridan shunisi bilan farq qiladiki, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati keng qamrovli bo‘lib, Konstitusiyaning barcha bo‘limlari, boblari va moddalarini keng muhokama qilish asnosida amalga oshirilmoqda.
Shunday, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida amaldagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish maqsadida joriy etilgan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni”da muntazam ravishda Konstitusiyaviy islohotlar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga qanday o‘zgarish va yangiliklar olib kirishi, uni yaxshilashi to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish olib borilmoqda.
Kuni kecha ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan “Konstitusiyaviy islohotlar - inson qadri uchun” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni”da Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ularning dolzarb ahamiyati xususida so‘z bordi.