Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi tomonidan 2023 yil 7 avgust kuni ommaviy axborot vositalari orqali olingan to‘xtab qolgan lift to‘g‘risidagi xabarga asosan, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 128/3-uyning 1-yo‘lagida o‘rnatilgan Xitoy xalq respublikasining “Zhejiang Meilun Elevator Co., Ltd” tomonidan 2016 yil ishlab chiqarilgan, FSLK 0630 CO 15 rusumli, yuk ko‘tarish quvvati 630 kg, zavod raqami 16ML-2329 bo‘lgan yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan lift qurilmasi ko‘rikdan o‘tkazildi va quyidagilar aniqlandi.
Mazkur lift “Global Lift Servis” MCHJ tomonidan montaj qilinib 2018 yil 12 iyunda Pl-6049-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 128/3-sonli ko‘p qavatli turar joy binosiga “Fortuna House” MCHJ BSK tomonidan xizmat ko‘tsatilmoqda.
Lift shahodat sinovidan o‘tkazilmagan, liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzilmagan va “Fortuna House” MCHJ BSK tomonidan liftlarning sozligi va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanmagan.
Lift ishchi xolatda bo‘lmaganligi sababli texnik jixatdan o‘rganish imkoni bo‘lmagan.
Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi tomonidan “Fortuna House” MCHJ BSK rahbariga liftlarga belgilangan muddatlarda shahodat sinovidan o‘tkazish, liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzish, liftlarning sozligi va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanash, shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirmay turib liftlardan foydalanish mumkin emasligi bo‘yicha tushuntirish berildi.