Joriy yilning 1 avgust kuni Namangan viloyati, Pop tumani, Chodak QFYda joylashgan YATT “Yusupov Aminjon Sulaymonovich"ga qarashli qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘lning (bunga qadar bir necha marotaba qayta-qayta) to‘xtab qolishi sababli fuqarolar osilib qolganligi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari video lavhalar tarqalgan.
Mazkur qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘li Tog‘ kon, geologiya va sanoat xavfsizligi inspeksiyasining nazorat osti (xavfli ishlab chiqarish) obyektiga kirmasligi va Inspeksiya tomonidan nazorat qilinmasligini inobatga olib shuningdek, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida FVV, Prokuratura, Soliq hamda Inspeksiyalar tomonidan Biznes Vakil ishtirokida ushbu qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘lidan foydalanishni taqiqlash va o‘rniga zamonaviy zavod tomonidan ishlab chiqazilgan barcha xavfsizlik meyorlari talablariga javob beradigan osma dor yo‘li o‘rnatishni maqsadga muvofiq bo‘lishini maʼlum qilamiz.