Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi tomonidan 2023 yil 8 avgust kuni ommaviy axborot vositalari orqali olingan to‘xtab qolgan lift to‘g‘risidagi xabarga asosan, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Qiyot mavzesi, 74-uyning 1-yo‘lagida o‘rnatilgan O‘zbekiston Respublikasining “Texnopark” MCHJ tomonidan 2023 yil ishlab chiqarilgan, ELT-P 450 MR rusumli, yuk ko‘tarish quvvati 450 kg, zavod raqami 0450092171 bo‘lgan yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan lift qurilmasi ko‘rikdan o‘tkazildi va quyidagilar aniqlandi.
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Qiyot mavzesi, 74-sonli ko‘p qavatli turar joy binosiga “MILLENNIUM COMMUNAL GROUP” MCHJ BSK tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi tomonidan “MILLENNIUM COMMUNAL GROUP” MCHJ BSK rahbariga liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzish, liftlarning sozligi va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanash, shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirmay turib liftlardan foydalanish mumkin emasligi bo‘yicha tushuntirish berildi.
Mazkur lift “Perfect Elevators” XK tomonidan montaj qilinib, montaj ishlari joriy yilning 27 iyul kuni tugatilgan bo‘lib, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilinmaganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda foydalanilmayotganligi maʼlum bo‘ldi.