Rasmiy munosabat
03.08.2023 | scis.uz

Joriy yilning 2 avgustda EKOLOG.UZ kanalida  ikki nafar  qiz arg‘imchoq uchayotganda zanjirlari uzilib ketib jarlikga tushib ketishganligi ko‘rsatilgan voqea videosi elon qilgan.

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi inspeksiyasi Sharqiy Mintaqaviy hududiy boshqarmasi mutaxassisi va Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan birgalikda,  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda joyiga chiqqan xolda o‘rganish o‘tkazdi.

Pop tumani Guliston qishlog‘ida joylashganligi “Chodak dam olish maskanida” bunday arg‘imchoq yo‘qligi videodagi voqea bundan bir necha yil avval kavkaz davlatlarini birida bo‘lganligini maʼlum bo‘ldi.

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday tasdiqlanmagan yolg‘on maʼlumotlarni tekshirmasdan keng ommaga tarqatmasliglarini so‘rab qoladi.