Yevropa Komissiyasi a’zolarining onlayn yigʼilish oʼtkazildi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan ilgarigi uran konlari hududini ekologik qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun jaxon hamjamiyatining e‘tiborini qaratish maqsadida Yevropa Komissiyasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, OBSE, MАGАTE, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokida “Markaziy Osiyo uchun ekologik qayta tiklash hisobi” boʼyicha donorlar assambleyasi yigʼilishi onlayn tarzda boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.Gulyamov, delegatsiya rahbari hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi xodimlari E.Nabiev, А.Karaev, T.Аbdulgaziev va M.To‘xtabekovlardan tarkib topgan. Tadbir davomida B.Gulyamov tomonidan yig‘ilish ishtirokchilari va donor mamlakatlarga murojaatnomasi yoʼllandi va E.Nabiev tomonidan Chorkesar va Yangiobod hududlarida 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan ishlar boʼyicha taqdimot oʼtkazildi.
Shu bilan birga tadbir davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqining Ekologik qayta tiklash bo‘ycha yangilangan hisobotlari tinglandi hamda ilgarigi uran konlari ob‘ektlarida, shu jumladan Chorkesar va Yangiobod hududlarida ekologik sog‘lomlashtirish ishlarini boshlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.