“Korrupsiyadan holi kasbiy faoliyat” mavzusida seminar o‘tkazildi
13.11.2020 | scis.uz

“Korrupsiyadan holi kasbiy faoliyat” mavzusida seminar o‘tkazildi

   13 noyabr kuni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimi hodimlari ishtirokida tadbiir tashkil etildi.

  Xizmat jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish hamda bu holatda xodimning huquq va majburiyatlarini belgilash, Vazirlik va idoralar bilan sohaga oid belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qilish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va davlat xaridi bo‘yicha tartib va doimiy monitoring olib borish, malakali xodimlarni tayyorlash va ularda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi siyosat yoki tizim talablarini buzgan xodimlarga tegishli jazo choralarining muqarrarligini ta'minlash, har bir xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ijro etishi chog‘ida korrupsion xolatlarni keltirib chiqaruvchi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi, ana shunday vaziyat yuzaga kelganda esa tegishli tashkilotlarga xabar berishi kabi masalalar yig‘ilishda ko‘rildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Rahbarining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02-2488-sonli topshirig‘i 17-ilovasi bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlarida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni o‘z muddatlarida  bajarilishi o‘z vaqtida to‘g‘ri ta'minlash lozimligi eslatib o‘tildi.