“Oila va jamiyatdagi tarbiya korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim unsur” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi
27.11.2020 | scis.uz

“Oila va jamiyatdagi tarbiya korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim unsur” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi

   Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy muhitining buzilishiga olib keladi.

  Davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsion harakatlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli choralar jamoatchilikning bosimi hamda samarali jamoat nazoratining amal qilishi ushbu salbiy illatni kamaytirishga yordam beradi.

  Ayniqiqsa yosh avlodda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash katta samara berib, kelajakda farzandlarning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga turtki bo‘ladi.

  Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Xududiy boshqarma xodimlari ishtirokida 27 noyabr' kuni onlayn seminar tashkil etildi.

  Odob-axloq qoidalari, shaxsning jamiyat oldidagi mas'uliyati, katta avlod vakillarining manaviyatli avlod tarbiyachilari sifatidagi mas'uliyati kabi masalalarda so‘z yuritildi.