Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks reja ko‘rib chiqilmoqda
25.07.2022 | scis.uz

Bugun Toshkent shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlikda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks reja (INSSP)ni ko‘rib chiqish missiyasi o‘z ishini boshladi.

Bir necha kun davom etadigan tadbirning maqsadi – jismoniy yadroviy xavfsizlik rejimini rivojlantirish, qo‘llab quvvatlash va mustahkamlash jarayoniga, shuningdek, jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks rejani ko‘rib chiqish va yangilashga ko‘maklashishdan iborat.

 

Ma'lumot uchun: MAGATE o‘z a'zo davlatlariga keng ko‘lamli ko‘rib chiqish missiyalarini taklif etadi, ushbu missiyalar davomida MAGATE boshchiligidagi ekspertlar guruhi mamlakatlarda mavjud bo‘lgan amaliyotlarni MAGATE standartlari bilan taqqoslaydi va amaldagi infrastrukturani, masalan, yadroviy xavfsizlik va jismoniy yadroviy xavfsizlik, atom energetikasi va yadroviy qurolni tarqatmaslik choralari, yoki sog‘liqni saqlash sohalarida, yanada rivojlantirishga yerdam beradi. Ushbu missiyalardan biri bu Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks reja (INSSP)ni ko‘rib chiqish missiyasidir. MAGATE tomonidan ishlab chiqilgan Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks reja (INSSP) so‘rov bo‘yicha a'zo-davlatlarga o‘zlarining jismoniy yadroviy xavfsizligi rejimlarini ko‘rib chiqish va ularni yanada yaxshilash kerak bo‘lgan joylarni aniqlash uchun tizimli va keng qamrovli infrastrukturalarni taqdim yetadi.  Rejalarda, shuningdek, samarali va barqaror jismoniy yadroviy xavfsizlik rejimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan har qanday yordam keyinchalik amalga oshirish maqsadida ta'kidlab o‘tiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, «O‘zatom» agentligidan ishtirokchilar qatnashmoqdalar.

Tadbir davomida MAGATE, Qozoqiston, va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan yetakchi ekspertlarining ma'ruzalari tinglanmoqda.

Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks reja davlatning jismoniy yadroviy xavfsizlik rejimining asosiy maqsadiga erishishga yordam beradi. Ushbu jismoniy yadroviy xavfsizlik rejimining asosiy mohiyati insonlarni, jamiyat va atrof-muhitni yadroviy qurilmalar, radioaktiv va yadroviy materiallarning yaxlitligaga zarar yetkazish yeki ularni g‘araz maqsadlarda foydalanish harakatlarining oldini olish, ularni aniqlash va chora ko‘rish orqali turli xil hodisalarining zararli oqibatlaridan himoya qilashdan iborat.

Ma'lumot uchun: Kompleks reja milliy yadroviy xavfsizlik rejimining samarali bo‘lishini va barqarorligini ta'minlash uchun muayyan vaqt davomida amalga oshirilishini lozim bo‘lgan harakatlarni belgilaydi. Komleks rejaning asosiy maqsadlari alohida a'zo davlatlarda jismoniy yadroviy xavfsizlik infrastrukturasini kuchaytirish bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash va ularni birlashtirilgan hujjatda aks ettirishdan iborat. Amaldagi Komleks reja 2018 yil sentyabrda tasdiqlangan bo‘lib, 90 dan zied chora-tadbirlarni o‘ziga qamrab olgan. MAGATE tomonidan Komleks rejalarni har 3-4 yilda bir marta qayta qo‘rib chiqish va a'zo-davlatlar talab va ehtiejlaridan kelib chiqqan holda yangilash tavsiya qilinganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan hozirda amaldagi Kompleks rejani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha missiya uchrashuvi tashkillashtirildi.

 

Jismoniy yadroviy xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy kompleks rejaning asosiy afzalligi shundaki, u manfaatdor a'zo davlatga yadroviy xavfsizlik bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan boshqa sub'ektlardan yerdam olish, texnik va moliyaviy jihatlar asosida o‘z harakatlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bunday muvofiqlashtirish manfaatdor a'zo davlatlar uchun resurslardan foydalanishni optimallashtiradi.

 

Missiya yakuni bo‘yicha mamlakatda jismoniy yadroviy xavfsizlik rejimini rivojlantirish; ushbu sohada xalqaro va MAGATE yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, ulardan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarida foydalanishda jismoniy yadroviy xavfsizlik sohasi bo‘yicha tavsiyalar olish kutilmoqda.

Yuklab olish | 809.2 kB