MILLIY MATBUOT MARKAZIDA SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT QO‘MITASI VAKILLARI IShTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
28.12.2020 | scis.uz

 

MILLIY MATBUOT MARKAZIDA SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT QO‘MITASI VAKILLARI IShTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

                 Bugun Milliy matbuot markazi anjumanlar zalida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashishining samarali usullari va qo‘mitada amalga oshirilgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlab tashkillarshtirilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

            Tadbirda, Qo‘mitaning Nazorat profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olimjon Djo‘raev, Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatori Otabek Kasimov, Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Xikmatilla Yusupov va ommaviy axborot vositalari hodimlari qatnashdilar.

             Tadbirni Olimjon Djo‘raev, Qo‘mitada Korrupsiyaga qarshi kurashishining olib borilayotgan samarali usullari haqidagi ma'ruzasi bilan ochib berdi.

             Shundan so‘ng Qo‘mitaning Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatori Otabek Kasimov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi 968-son “2018 — 2021 yillarda kimyoviy, biologik, radiasiya va yadro xavfsizligini ta'minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tdi.

          “Gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazidan zaxarlanish, yoki gaz sizib chiqish oqibatida va biron uchqun chiqishi ta'sirida yong‘in xattoki portlash ham sodir bo‘lishi mumkin”, - Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Xikmatilla Yusupov gaz bilan bog‘liq xavfsizlikning bugungi kundagi holati haqida ma'ruza qildi.