“Mahallabay” tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar
09.03.2021 | scis.uz

“Mahallabay” tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar

 

           Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga koʻra Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Toshkent shahrining “Yangi hayot” tumaniga biriktirilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda qoʻmita tomonidan turli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha “Mahallabay” tizimi doirasida sahovat-xayriya tadbirlari tashkil etilib, kam ta`minlangan, nogironligi mavjud, boquvchisini yoʻqotgan oilalar uchun turli koʻrinishdagi yordamlar amalga oshirildi.

           Tumanning “Daryo boʻyi”MFY da istiqomat qiluvchi 250 ga yaqin xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformator oʻrnatildi.

           “Chortoq” MFYda esa 200 ga yaqin oila uchun iste`mol gazini moʻtadil bosimda yetkazib berish maqsadida gaz magistrallarining taqsimoti qayta koʻrib chiqilib, sozlandi. Qoʻmitaning “Mahallabay” tizimi doirasidagi ishlari davom etmoqda.