“Mahallabay” tizimi bo‘yicha qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
16.03.2021 | scis.uz

                 Ozaro mehr-muhabbat, inoqlik va hamjihatlik xalqimizga hos insoniy fazilatdir. Yaqin insonlarga yordam berish, ehtiyojmandlarga mehr ulashish, ularning holidan xabar olish yurtimizda anʼana tusiga kirgan. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yigʼilishda “Mahallabay” ishlashning yangi tizimini tashkil etish va kambagʼallikni qisqartirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

        Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ham ayni jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Yangi hayot tumanidagi mahallalar infratuzilmasining holati, u yerda yashovchi aholi muammolari, hududdagi yeamchilielar, ularni bartaraf etish choralari va mavjud vaziyat o‘rganilib, tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Kuni kecha “Mahallabay” tizimi doirasidagi o‘rganishlar natijasida shakllangan ro‘yxat asosida saxovat-xayriya tadbirlari tashkil etilib, kam taʼminlangan, nogironligi mavjud, boquvchisini yo‘qotgan va yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi hamda ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Mahallalarda hayriya xasharlari o‘tkazilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirlar davom etmoqda.