Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
26.03.2021 | scis.uz

Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda 

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlarining ijro holati bilan tanishish maqsadida “Sanoat nazorati laboratoriyasi” davlat unitar korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.