Xitoyning OOO “China Gezhonba Group International Engineering Central Azia”bilan uchrashuv o’tkazildi
03.04.2021 | scis.uz

        Xitoyning OOO “China Gezhonba Group International Engineering Central Azia”bilan  uchrashuv o’tkazildi

        Bug‘ qozonlari, ko‘tarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i R.Salixov, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari J.Usmanov va Gaz xo‘jaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Asadov joriy yil 2 aprel kuni Xitoyning OOO “China Gezhonba Group International Engineering Central Azia” jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosari Lu Haoran, loyixa koordinatori T.Saparov, Bosh muxandisi A.Yunusov ishtirokida, Sirdaryo viloyatida qurilishi rejalashtirilgan quvvati 1500 MVt bo‘lgan “Issiqlikelektrostansiyasi”da o‘rnatilishi va qurilishi rejalashtirilayotgan texnik qurilmalarga va ulardan foydalanish bo‘yicha xozirda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablar yuzasidan karantin talablariga rioya etgan holda yig‘ilish o‘tkazildi. Xitoyning “CGGC International” kompaniyasi vakillari tomonidan berilgan savollarga tegishli tushuntirish berildi.