Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Majlislar zalida “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
09.04.2021 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Majlislar zalida “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi”
munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

                  Tadbirni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Xalmatov Baxtiyor Ilxamjanovich ochib berdi. Xilda Xukxem taʼbiri bilan aytganda «Yetti iqlim hukmdori», sohibqiron Amir Temurning  hayoti va faoliyati hamda milliy va dunyo tarixida qoldirgan o‘chmas izi haqida so‘z yuritildi.

                  Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimi, tarix fanlari doktori, professor Abdumajid Madraimov Amir Temurning siyosiy va madaniy faoliyatidagi o‘ziga hos qirralarini yig‘ilganlarga bayon qildi.

                  Fanlar Akademiyasi tarix institutining katta ilmiy xodimi Nizomiddin Gulboyev Amir Temurning sarkada sifatidagi faoliyati to‘g‘risida va bobokalonimizning dunyo harbiy strateglari orasida tutgan yuqori o‘rni haqida yig‘ilganlarga maʼlumot berdi.