O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
20.04.2021 | scis.uz

    2021 yilning 20 aprel kuni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov tomonidan Navoiy hududiy boshqarmasining  hodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

  Yig‘ilishda qo‘mita raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 291 va 152-sonli Qarorlarining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha hududiy boshqarma hodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

    Shundan so‘ng B.V. Gulyamov tomonidan “Navoiazot” AJ hududida investitsion loyixa asosida qurilayotgan “Ammiak va Karbomid” ishlab chiqarishining bosh pudratchilari Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries, Ltd” va “Mitsubishi Sorroration” kompaniyasi raxbar hodimlari, hamda “Navoiazot” AJ rahbar hodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

   Yig‘ilish jarayonida “Ammiak va Karbomid” ishlab chiqarishini qabul qilish bo‘yicha bir qator muammoli masalalar o‘z yechimini topdi.