Qashqadaryodagi avtomobil portlashiga oid ilk maʼlumotlar eʼlon qilindi
22.04.2021 | scis.uz

   Bugun, Qarshi tumani Istiqlol MFY hududida joylashgan “National food market” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida (AGTKSH) “Nasaf Al Zebona Trans” MCHJga tegishli, X.I.E boshqaruvidagi davlat raqami 70 558 TTF bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinada o‘rnatilgan gaz ballonining portlashi natijasida sodir bo‘lgan avariya holati bo‘yicha maʼlumot kelib tushdi. Shundan so‘ng, qo‘mitaning Qashqadaryo hududiy boshqarmasi vakillari zudlik bilan voqea ro‘y bergan joyga o‘rganish uchun yetib bordilar. Voqea joyida olib borilgan o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

   - Gaz ballonning holati 100 litr, og‘irligi 91,7 kg, SPG, 2012 yil fevral oyida ishlab chiqarilgan (UAI), zavod raqami 463;

   - Gaz balloni so‘ngi marotaba “Mirjavxar tanho” MCHJ tomonidan 2020 yil 19 mart oyida sinovdan o‘tkazilib, dalolatnoma (№97) rasmiylashtirilgan. Keyingi sinov muddati 18.03.2021 yil;

   - Portlash natijasida avtomashina egasining o‘g‘li, 1990 yilda tug‘ilgan E.B.I olgan tan jaroxati oqibatida vafot etgan;

   - Shuningdek, hodisa ro‘y bergan AGTKSH gaz to‘ldiruvchisi, 1978 yilda tug‘ilgan Sh.S.S oyog‘idan olgan tan jaroxati natijasida shifoxonaga yetkazilgan.

   Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan portlash sabablarini aniqlash yuzasidan belgilangan tartibda tekshirish ishlari o‘tkazilishi davom etmoqda.