Qo‘mitaning 2021 yil 1 chorak faoliyati yakunlari
27.04.2021 | scis.uz

 

Respublikada 37 mingdan ortiq korxonalarda, 158 mingdan ziyod xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalaniladi va faqatgina Yoqilg‘i-energetika kompleksi obyektlarida 700 ming nafardan otriq ishchi va xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Jami Respublikamizning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida boshlang‘ich hisob kitoblarga ko‘ra 7mln. dan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Sanoat havfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda 978 ta davlat nazorati, 2667 ta nazorat-profilaktika ishlari o‘tkazilib, 13932 ta sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yer osti boyliklaridan foydalanish soxalarida qoida buzilishlar aniqlandi 28 ta korxonada ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi.

Respublikada 37 mingdan ortiq korxonalarda, 158 mingdan ziyod xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalaniladi va faqatgina Yoqilg‘i-energetika kompleksi obyektlarida 700 ming nafardan otriq ishchi va xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Jami Respublikamizning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida boshlang‘ich hisob kitoblarga ko‘ra 7mln. dan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 18 ta baxtsiz xodisalarga yo‘l qo‘yilib, bulardan 3 tasi o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalardir. (2020 yil mos xisobot davrida umumiy 14 ta baxtsiz xodisalar sodir bo‘lib, bulardan o‘lim bilan baxtsiz xodisalar 4 tani tashkil qilgan).

Davlat qo‘mitasi tomonidan 16 ta hujjat xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar umumiy 16 ta (8), 2 ta (3) o‘lim, 12 ta (2) og‘ir, 2 ta (3) yengil baxtsiz xodisalardir.

Bundan tashqari boshqa nazorat ostidagi korxonalarda:

Hususiy tadbirkorlik subyektlarida umumiy 2 (6) bahtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilib, bulardan 1 ta (4) og‘ir, 1ta (2) o‘lim.

Bo‘lib o‘tgan baxtsiz xodisalar taxlili shuni ko‘rsatdiki, baxtsiz hodisalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri tashkiliy sabablar bo‘lib, 68,82 % tashkil etadi, texnik sabablar esa 31,18% tashkil etadi.

Baxtsiz xodisa sodir bo‘lishiga olib kelgan assosiy tashkiliy sabablar: ishlab chiqarishda ishlarni to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va sanoat xavfsizligi soxasida bilim saviyasining pastligi, texnik va texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish intizomining pastligi, hamda ish bajaruvchining extiyotsizligi yoki tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishlaridir.

Texnik sabablar: texnik jixozlar va qurilmalarning nosozligi, texnik jixozlar va qurilmalarning konstruktiv yangilanmasligi, meʼyoriy hujjat va loyixa talablariga rioya etilmayotganligi, texnik qurilmalarning (reglamenti) va ushbu qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishidir.

Sanoat havfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan Xayʼat kengashida ko‘rib chiqilishi uchun maʼlumotnoma tayyorlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarning ko‘pchiligi o‘zboshimchalik, ishlarning noto‘g‘ri tashkil etilishi, extiyotsizlik oqibatida, sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik yoki uni qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lmoqda.

Har bir sodir bo‘layotgan oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar Davlat qo‘mitasining Hayʼat majlislarida, oqibati og‘ir tan jarohat olish bilan tugagan baxtsiz hodisalar inspeksiyalar majlislarida ko‘rib chiqilib tegishli Qarorlar chiqarilmoqda va baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yayotgan muhandis-texnik xodimlarga nisbatan intizomiy va maʼmuriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

Shuningdek Hayʼat majlisida baxtsiz xodisalarning maxsus tekshiruv natijalari va sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalarga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslar hisoboti tinglanmoqda.

Baxtsiz xodisaning oldini olish yuzasidan korxona va tashkilotlar chora-tadbirlar belgilab, Davlat qo‘mitasi bilan kelishildi.

So‘ngi yillarda korxona va tashkilotlarda rahbarlarning tez-tez almashishi va tayinlanayotgan rahbar va mutaxasislarning sanoat xavfsizligi, texnika havfsizligi va mexnat muxofazasi masalalari boshqaruvi ishlariga tayyor emasliklari yoki befarqliklari ko‘rinmoqda. Bunday hol baxtsiz hodisalar ko‘payishiga olib kelmoqda.

Korxonalarda ishlatilib kelinayotgan uskuna va mexanizmlarning manaviy eskirganligi ishlatish muddatlarining bir necha barobar o‘tib ketganligi va ularni zamonaviy xavfsiz ishlaydigan qurilmalarga almashtirish, rekonstruksiya qilish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi.

Xavfliligi yuqori bo‘lgan uskuna va mexanizmlarda portlash xavfidan saqlash va portlashni oldini olish asboblarining yo‘qligi, rejali sozlash va taʼmirlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi, xavfli obyektlarni ishlatayotgan mutaxassislarning bilim saviyalari yetishmasligi, baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga omil bo‘lmoqda.

Oxirgi yillarda xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfsiz ishlatish texnologik reglamentlarini va yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektalarining sanoat xavfsizligi” to‘g‘risidagi Qonuni va Qonun osti xujjatlari talablaridan kelib chiqib yangilanmaganligi, texnologik intizomning va xodimlarning bilim saviyasining pasayishiga olib kelmoqda.

Baxtsiz xodisalarning taxlili shuni ko‘rsatiki:

– ishlab chiqarishda, mehnat intizomini buzilishi va sanoat, texnika xavfsizligi talablarining buzilishi va mexnatni muxofaza qilish qoidalari talablarini bajarmaslik oqibatida;

– rahbarlarning va ish ustalarining qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarning ishlarni havfsiz olib borishlarini yetarlicha nazorat qilmasliklari;

– xavfli ishlar olib borilayotganda ishlarni xavfsiz olib borilishini to‘g‘ri tashkil qilmaslik;

– ishlab chiqarish ko‘rsatgichlarini bajarishda ishchi-xizmatchilarning xavfni ko‘ra bila turib xavfsizlik talablarini qo‘pol ravishda buzishi;

– ish bajarayotganda xavfni bilmasdan xavfsizlik talablarini buzish;

– xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borish metodlarini past saviyada o‘qitilishi va o‘rgatilishi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sanoat havfsizligi davlat qo‘mitasi barcha nazorat osti korxonalari quyidagilarga eʼtiborlarini qaratishlari kerak yaʼni:

– xavfli uchastkalarni, texnologik protsesslarni uzluksiz o‘rganish, tahlil qilish va xavflilik darajasini belgilash, hamda avariya va noxush xodisalarni bartaraf qilish va oldini olish bo‘yicha muxandislik qarorlarini ishlab chiqish;

– sanoat, texnika havfsizligi va mexnatni muxofaza qilish xodimlarining asosiy eʼtiborini xavfli ishlarga, xavfi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish uchastkalariga va texnologik jarayonlar bajariladigan ishlarga qaratish;

– doimiy ravishda o‘rganish, tahlil qilish, muxandislik yechimlarini topish, xavfli vaziyatlar kelib chiqish sabablarini topish va ularni bartaraf qilish;

– xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan korxona va ishlab-chiqarish obyektlarini avtomatik nazorat asboblaridan foydalanishni, yong‘inga qarshi va avriyalarni oldini olishga qarshi avtomatlashtirilgan qurilmalar bilan taʼminlashni;

– xavfli ishlab chiqarish korxonalari va obyektlari rahbarlarining

va muxandis-texnik xodimlarining ishlarni xavfsiz tashkil qilishdagi shaxsiy javobgarligini oshirish;

– xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlovchi ishchi-xodimlarni zamonaviy birlamchi himoya vositalari bilan taʼminlashni, hamda qo‘l kuchini yengillashtiruvchi asbob-uskunalar bilan taʼminlash kabilardir.

Qo‘mitada hisobot davrida oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni sababini taxlil qilish va tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida davlat qo‘mitasida umumiy 2 ta Xayʼat majlisida sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar tahlil qilinib, kelgusida shunga o‘xshash baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida tashkilot raxbarlari tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.