“Butunjaxon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag`ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
29.04.2021 | scis.uz

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 28 aprel “Butunjaxon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag`ishlab seminar tashkillashtirildi.

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati va xodimlari, tegishli tashkilot vakillari hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O.A.Jurayev qatnashdi.

Seminarda, temir yo‘l sohasida samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarga minnatdorchilik isxor etildi va qimmatli esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mexnat muxofazasi mavzusida o‘z maʼruzalari bilan qatnashdilar.

"Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga amal qilinish xolati" mavzusidagi maʼruzasida O.A.Jurayev yig‘ilganlarga maʼlumotlar berib o‘tdi.