Is gazidan zaharlanish hodisalarining aksariyati nostandart gaz uskunalaridan foydalanish oqibatida ro‘y bermoqda.
04.05.2021 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2019-2020 yillarda respublikamizda is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlil qilinib solishtirilganda, 2019 yilda 31 ta is gazidan zaharlanish sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 21 tani, vafot etganlar soni 50 tani tashkil etgan.

2020 yilda esa 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan. Viloyatlar kesimida olinganda, is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialida 6 tani, “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filialida 3 tani, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filialida 3 tani, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialida 2 tani tashkil qiladi.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ro‘y bermoqda.

Misol uchun, 2020 yil 4 dekabr kuni soat 21-15 larda Yunusobod tumani Injobod ko‘chasi 61 uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida ushbu xonadonda ijarada yashagan 5 nafar talaba is gazidan zaharlanib vafot etgan bo‘lib, yarim yerto‘lada o‘rnatilgan AOGV-11,6 rusumli suv isitish qozonni dudburoni nosozligi natijasida ushbu baxtsiz hodisa ro‘y berganligi aniqlangan.